Telegram, 4G va muloqot ham bundan kam mas: Beeline Uzbekistan iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qildi
27 Dekabr
Xabarlar
Beeline Uzbekistan tahlilchilari mamlakatda mobil aloqadan foydalanish trendlarini o‘rganib chiqishdi. 4G tarmog‘ida trafik iste'moli yuqori sur'atlarda o‘sishda davom etmoqda. 2023-yilda LTE tarmoqlari orqali bir foydalanuvchi o‘rta hisobda uzatadigan maʼlumotlar hajmi 2022-yilga nisbatan 30% dan koʻproqqa oshdi.
Yil yakuniga ko‘ra, MBOU (har bir foydalanuvchi sarflagan megabaytlar miqdori)ning eng katta o‘sishi Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga oshgan. Gigabaytlar bo‘yicha esa eng ko‘p “yuklab oluvchilar” Andijonda istiqomat qiluvchi 4G foydalanuvchilari bo‘ldi.
Raqamli operator tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, asosan maksimal miqdorda foydalanuvchilar trafikni Telegram’ga, ikkinchi o‘rinda Meta mahsulotlari (Facebook va Instagram), uchinchi o‘rinda YouTube va boshqa Google mahsulotlariga sarflashadi. Ushbu dastur va ilovalarning ulushi allaqachon iste'mol qilinadigan mobil internet umumiy hajmining 70% dan oshgan, 2022-yilning oxirida esa bularga barcha sarflangan megabaytlarning yarmidan bir oz ko‘proq sarflangan.
“Beeline Uzbekistan’ning o‘z mahsulotlari orasida trafik sarfi bo‘yicha eng ommabop servisi bu Beeline TV striming platformasidir. Beeline Uzbekistan ommabop onlayn-kinoteatr ilovasidan faol foydalanuvchilari soni 1 million nafardan oshdi va yil boshidan buyon trafik 1,4 baravarga o‘sdi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, digital-operator foydalanuvchilari uchun “Beeline TV” ilovasidan foydalanishda trafik narxlanmaydi va tarif bo‘yicha limitlar sarflanmaydi”, — deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Agar foydalanuvchilarning kundalik faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, unda ko‘pchilik internetdan soat 21:00 dan 23:00 gacha foydalanishi ma’lum bo‘ladi va og‘ir fayllar ko‘pincha kechasi, soat 23:00 dan 2:00 gacha yuklab olinadi. O‘zbekistonliklarning internetda eng kam o‘tkazadigan vaqti — erta tong.
“Biz butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmani modernizatsiya qilishda davom etmoqdamiz, bunda asosiy e’tibor yuqori tezlikdagi ulanishlar va tiniq ovozni ta’minlovchi LTE standartiga qaratilmoqda va bu formatni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar endi deyarli hamma uchun mavjud. 2023-yil noyabr oyida atigi 3 hafta ichida Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab VoLTE (Voice over LTE) va ViLTE (Video over LTE) texnologiyalarini ishga tushirdi”, — deya ulashadi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.
Mamlakatda mobil internet iste'moli va tezligi oshib borayotgan bir paytda, ommaviy (B2C/Prepaid) segmenti foydalanuvchilari orasida qo‘ng‘iroqlar soni va davomiyligi asta-sekin qisqarib bormoqda. Biroq, O‘zbekistonda ovozli aloqaga talab unchalik tez pasaymayapti: yil davomida bir foizdan kam.
Bu yil Beeline Uzbekistan VoLTE’ga katta e’tibor qaratdi, ushbu texnologiya qo‘ng‘iroq paytida 4G tarmog‘ida qolish va tiniq ovozda suhbatlashish imkonini beradi. Darvoqe, 2022-yilga nisbatan ko‘proq gaplashadigan hududlar ham bor: Qashqadaryoda suhbatning o‘rtacha davomiyligi bir kishi uchun oyiga 15 soatgacha oshgan. Qashqadaryoliklar qatorasiga ikkinchi yil chempionlik unvonini saqlab qolishdi. Biroq, Beeline Uzbekistan tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, eng kamgap aholi Xorazm viloyatida ekan: ular oyiga 10,5 soat muloqot qilishar ekan, biroq bu ko‘rsatkich bir yil oldingiga qaraganda 5 daqiqaga ko‘proq.
Android qurilmalari O‘zbekiston fuqarolari orasida eng ommabop smartfon bo‘lib qolmoqda, ular orasida Samsung va uning A-seriyali qurilmalarining hamyonbop lineykasi mutlaq yetakchiga aylandi. Keyin, kamayish tartibida Beeline Uzbekistan tarmog‘ida Xiaomi, Apple, Huawei va Vivo brendlari kuchli beshtalikni yakunladi.