VoLTE texnologiyasi Toshkentda va Toshkent viloyatida ishga tushirildi!
7 Noyabr
Xabarlar
4G tarmog'ida tiniq ovoz va tezkor internetdan bahramand bo'lishga tayyorlaning!
Do'stlaringiz yoki yaqinlaringiz bilan suhbatlashish uchun endi to'rtinchi avlod tarmog'ini tark etishingiz shart emas — sizning ovozingiz xuddi Internet-trafik kabi "qadoqlangan" bo'ladi. Bu sizga 4G/LTE tarmog‘idan chiqmasdan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishni va shu bilan birga yuborilgan fotosuratlarni darhol ko‘rish yoki onlayn xaritada uchrashuv joyini tekshirish uchun Internetdan foydalanish imkonini beradi. VoLTE abonentlarning ulanishini bir zumda amalga oshiradi, chunki qo'ng'iroqni GSM yoki UMTS tarmog'iga o'tkazish va unga vaqt sarflashning hojati bo'lmaydi.
Texnologiyadan foydalanishingiz uchun sizga VoLTE-ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va 4G (USIM) qo'llab-quvvatlanadigan SIM-karta kerak bo'ladi. Ko'pgina hollarda, VoLTE avtomatik ravishda raqamli operator abonentlarining telefonlarida ishlay boshlaydi.
Texnologiyaning ishlashini tekshirish uchun istalgan raqamga qo'ng'iroq qilish kifoya. Ulangandan so'ng, smartfon ekranida LTE yoki VoLTE belgisi paydo bo'lishi kerak.
Qo‘lda ulash va mos keluvchi qurilmalar ro‘yxati bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.