Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
Xabarlar
1991-yil avlodi
Bu yil biz O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonlaymiz. Ushbu muhim sana munosabati bilan mustaqillik bilan tengdosh bo‘lgan, butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab insonlarning hayotini yaxshilayotgan foydali xizmatlarni yaratayotgan odamlarni yodga olish o‘rinlidir.
Bugungi kunda aynan ular mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotini rivojlantirmoqda, sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarni joriy etmoqda, qiziqarli mahsulotlar yaratmoqda va O‘zbekistonni butun dunyoga tanitmoqda.
Beeline Uzbekistan jamoasida shunday iqtidorli yigit va qizlardan o‘nlab, hatto yuzlab kishi bor. Ushbu maqolada siz ulardan oltitasi bilan tanishasiz.

Abdulaziz Mansurov
Abdulaziz 2012-yilda Beeline Uzbekistan’ga aloqa markazi operatori sifatida ishga kirgan, o‘sha paytlari o‘qishni ish bilan birga olib borgan. Bugungi kunda u OQ brendining boshqaruvchi direktori hisoblanadi. Yillar davomida u tahlil va strategiyadan tortib marketing va raqamli mahsulotlar sohasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Abdulaziz OQ'ning ilk kunlaridan shu yerda boʻlgan, keyinchalik jamoasi bilan birga KINOM, riitm, GameOn, hambi va Kettik loyihalarini ishga tushirishda ishtirok etgan. Uni eng koʻp ilhomlantiradigan narsa – millionlab odamlar har kuni foydalanadigan mahsulotlar yaratish.

Laziz Hamidullayev
Laziz Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tamomlagan va 2020-yilda Beeline Uzbekistan jamoasiga qoʻshilgan. Bugungi kunda u Qarshi shahrida yetakchi tarmoq sifati muhandisi boʻlib ishlaydi va aloqaning barqaror boʻlishini taʼminlaydi.
U "Yilning eng yaxshi xodimi" va "Yilning yutugʻi" mukofotlari sohibi. Laziz uchun eng muhimi – oʻz ishi odamlarga har kuni bir-biri bilan aloqada boʻlishga yordam berayotganini bilish.

Anvar Sattarov
Anvar 2017-yilda Beeline Uzbekistan jamoasiga qoʻshilgan. Bugungi kunda u BuildX'da dasturiy taʼminot ishlab chiqish boʻyicha ekspert boʻlib, frontend yoʻnalishida ishlaydi va UI/UX dizayn koʻnikmalarini takomillashtirmoqda.
Uning uchun chinakam qiziqadigan ish bilan shugʻullanish va gʻoyalarning odamlar haqiqatan foydalanadigan mahsulotlarga aylanishini koʻrish muhim.

Ilyos Jurayev
Ilyos 2010-yilda Beeline Uzbekistan'ga kontakt-markaz mutaxassisi sifatida ishga kirgan. Bugungi kunda u bazaviy stansiyalar qurilishi boʻyicha yetakchi muhandis.
Yillar davomida u texnik taʼlim oldi va kompaniya bilan birga oʻsib bordi. Ilyos uchun eng qadrlisi – yaqinlaringizga qoʻngʻiroq qila olishdek oddiy imkoniyat ortida butun bir jamoaning mehnati turganini anglash.

Dilfuza Bekbosinova
Qoraqalpogʻiston Davlat universitetini tamomlagach, Beeline Uzbekistan Dilfuzaning birinchi ish joyi boʻlgan. Bugungi kunda u Nukusda har kuni mijozlar bilan ishlaydi va ularga yechim topishda yordam beradi.
Dilfuza uchun doim yordam berishga tayyor jamoaning bir qismi boʻlish muhim.

Ugiloyxon Yuldasheva
Ugiloyxon 1991-yil 1-sentabrda tugʻilgan. U 2019-yilda Beeline Uzbekistan jamoasiga qoʻshilgan. Bugungi kunda u Kontakt-markazning talantlarni rivojlantirish va moslashtirish guruhini boshqaradi.
U mijozlarga xizmat koʻrsatish mutaxassisidan guruh rahbarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi: xodimlarni oʻqitish tizimini rivojlantirdi, bilimlar bazasini takomillashtirdi, sunʼiy intellekt vositalarini joriy etdi.
Ugiloyxonga eng koʻp yoqadigan narsa – odamlarga oʻz salohiyatini ochishga yordam berish va jamoa bilan birga rivojlanish.