Manzil:  Buxoro-1 ko'chasi. Tel: (+998 90) 373-03-30, Mo'ljal: Amir Temur xiyoboni.

Ish tartibi: 

 

To'lovlar qabul qilish 9:00 dan 18:00 gacha.
Ish tartibi: 9:00 dan 20:00 gacha
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha

Manzil: Toshkent sh., M. Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li, 103А uy

Ish tartibi:  9:00 dan 19:00 gacha

Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha

Manzil: Olmazor tumani, Talabalar ko’chasi, 2.

Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha. Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha.

Manzil: Toshkent  shahri, Chilonzor tumani, 16-daha,18-uy
Mo’ljal: «Chilonzor» metro, «Gastronom» supermarketi.

Ish tartibi: 9:00 dan 20:00 gacha

Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha

Manzil: Chirchiq sh.Navoiy ko'chasi, 7-uy

Ish tartibi: 

Dushanba -Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha  (tushliksiz)

Manzil: Bekobod sh. Buyuk ipak yo'li ko'chasi, 7 do’kon

Ish tartibi:

 

Dushanba-Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)

Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahri, Bunyodkor 1.
 

Ish tartibi:

2022 yil 19-iyun kuni (faqat shu kuni) ofis ishlamaydi.

Dushanba - Shanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Toshkent halqa yo'li ko'chasi 17-uy.
Mo'ljal: «Compass» savdo markazi

Compass savdo markazida ofisning ish tartibi:
Dushanbadan yakshanbagacha: 10-00 dan 22-00 gacha (tushliksiz).

Manzil: Toshkent sh., Sergeli tumani, yangi Sergeli ko'chasi 9.
Mo'ljal: Avtomobil bozori

Sergeli tumanidagi ofisning ish tartibi:

Dushanba-Shanba: 9:00 dan 20:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Sayxun ko‘chasi,
Mo‘ljal: viloyat Mudofaa ishlar bo'limi

Ish kunlari:

2022 yil 14 va 15 may kunlari (faqat shu kunlari) ofis ishlamaydi.


Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Gagarin ko'chasi 85 B

 

Ish tartibi:  09:00 dan 18:00 gacha

Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha, 13:00 dan 14:00 gacha tushlik

Manzil: Samarqand shahri, M. Ulug’bek ko‘chasi, 17-uy.
Mo‘ljal:  GUM

Ish tartibi

Dushanba-Juma: 09-00 dan 18-00 gacha (tushlik 13:00-14:00 gacha);
Shanba - Yakshanba: Dam olish kunlari.

Manzil: Jizzax shahri, Xamza ko‘chasi  2-uy
Mo‘ljal: Doktor A klinikasi

Ish tartibi: 9:00 dan 18:00 gacha

Shanba - Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha, 13:00 dan 14:00 gacha tushlik

Manzil: Navoiy shahri, I. Karimov ko‘chasi 7uy.
Mo‘ljal: sobiq TsUM do'koni.

Ish tartibi

Dushanba - Juma: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Shanba: 9:00 dan 18:00 gacha, 13:00 dan 14:00 gacha tushlik
Yakshanba: Dam olish kuni

Manzil: Zarafshon shahri, Amir Temur ko’chasi, 43-uy
Mo‘ljal: Markaziy bozor

Ish tartibi

Dushanba - Juma: 09:00 dan 18:00 gacha, 13:00 dan 14:00 gacha tushlik
Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba

Manzil: Buxoro sh., Naqshbandiy ko‘chasi, 168
Mo‘ljal: "Labi-hovuz"ga kiraverishda, "Bella Italiya" restorani tog‘risida

Ish tartibi:

 

Dushanba - Shanba : 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: G’ijduvon shahri, Yu. Xamadoniy ko’chasi
Mo‘ljal: «Sharifjon» mini-marketi tog‘risida,  «Bek» restorani yonida.

Ish tartibi

2022 yil 8 va 15 may kunlari (faqat shu kunlari) ofis ishlamaydi.

Dushanba-Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Tushlik vaqti: Dushanbadan Payshanbagacha tushliksiz, juma va shanba tushlik 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: Yakshanba

Manzil: Farg‘ona shahri, Terak Mozor ko’cha 109a uy.
Mo‘ljal:  Ipoteka bank

Ish tartibi:

Dushanba - Juma: 09:00 dan 18:00 gacha
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.

Manzil: Hamza ko'chasi 12

Mo'ljal:  Chorsu/ NBU banki, musiqa maktabi ro'parasida

Ish tartibi:

Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha, 12:00 dan 13:00 gacha tushlik

Manzil: Mustaqillik ko'chasi, 470 uy
Mo‘ljal: Uvaysiy nomidagi kinoteatr

Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Juma - Yakshanba: 12:00 dan 13:00 gacha tushlik.

Manzil: Farg'ona sh., Bahor MFY, Dehqon-1 ko'chasi
Mo‘ljal:  Farg'ona shahridagi dehqon bozori, "Makro" supermarketi

Ish tartibi:

Dushanba - Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:00 gacha).

Manzil: Hamza ko'chasi 12

Mo'ljal:  Chorsu/ NBU banki, musiqa maktabi ro'parasida

Ish tartibi:

Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha, 12:00 dan 13:00 gacha tushlik

Manzil: Qo‘qon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 35-uy
Mo‘ljal: Sobiq soliq idorasi, TBC banki.

Ish tartibi:

Dushanba - Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Dam olish kuni: Yakshanba

Manzil: Boburshoh ko‘chasi, 22D-uy
Mo‘ljal: Viloyat Sanitar Epidimiologik Markazi (SES)

Ish tartibi: 

Dushanba-Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: dam olish kuni

Manzil: O'zbekiston ko‘chasi, 82-uy.
Mo‘ljal:  «Hamkor biznes markazi» tog‘risida.

Ish tartibi:

Dushanba - Juma: 09:00-18:00
Tushlik: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kunlari: Shanba-Yakshanba

Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Beruniy MFY, I. Buxoro ko'chasi, 1-qavat.   
Mo'ljal: Xalid ibn Valid masjidi, 55-sonli maktab qarshisida

 

 

Ish tartibi:
Dushanba - Yakshanba: 9-00 dan 18-00 gacha (tushliksiz)

Manzil: Ibrat ko'chasi 46
Mo‘ljal: Markaziy bank to'g'risida

Ish tartibi: 

Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

Manzil: Namangan sh., Kukumbayeva 42A.uy
Mo‘ljal: «Sabo» savdo markazi

Ish tartibi: 

Dushanba - Shanba: 9-00 dan 18-00 gacha (tushliksiz);
Dam olish kuni: Yakshanba

Manzil: Qarshi shahri, Karlug‘bag’ot ko‘chasi,
Mo‘ljal: "Yangi bozor"

Ish tartibi:


Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo’li ko’chasi, 5 uy.
Mo‘ljal: «Sarbon» kafesi

Ish tartibi: 

2022-yil 20-iyun kuni ofis soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil:  Termiz sh. A. Navoiy ko'chasi, 45J uy
Mo‘ljal: «Azizbek» restorani ro’parasida

Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Shanba, Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha

Manzil: Denov shahri, Mustaqillik ko’chasi 50 uy
Mo‘ljal: Milliy bank tog‘risida

Ish tartibi

Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha
Yakshanba: Dam olish kuni.

Manzil: Urganch sh. Tinchlik ko’chasi
Mo‘ljal: FHDYO

Ish tartibi:

2022 yil 12 va 19 iyun kunlari (faqat shu kunlarda) ofis ishlamaydi.

Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov va T. Kayipbergenov  ko'chalari kesishmasi
Mo'ljal: Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat Soliq Qo'mitasi

Ish tartibi:

Dushanba - Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

Manzil: To’rtko’l shahri, Nukus ko’chasi 10.
Mo‘ljal: Sobiq sport do’koni, savdo bazasi

Ish tartibi:

Dushanba-Yakshanba: 9-00 dan 18-00 gacha
Tushlik: Payshanba-Juma-Shanba-Yakshanba 13-00 dan 14-00 gacha, qolgan kunlar tushliksiz. 

Скачай мобильное приложение тут!

Попап для ссылкт на мобильное приложение

Sardor Baxramov: advokatlikdan – aloqachigacha

Yirik xalqaro kompaniyada e’tibor qozonish uchun nima qilish kerak? Albatta, har kuni o‘z kasbiy mahoratingizni ko‘rsatib, a’lo darajada ishlash. Lekin bir joyda to‘xtab qolmaslik, doimo rivojlanish ham bir xil darajada muhimdir. Bu “Beeline Uzbekistan”ning ekspert-yuriskonsulti Sardor Baxramovning tabiatiga mos keladi. Qisqa vaqt ichida u nafaqat o‘zi uchun mutlaqo yangi sohaga ko‘nikdi, balki “Beeline” jamoasining eng qadrli a’zolaridan biriga aylandi. Buning uchun u kompaniyaning 15 yilligi sharafiga oltin nishon bilan taqdirlandi.

Qulaylik doirasi qayerda joylashgan

“Men avval boshqa joyda ishlaganman va hech narsani o‘zgartirishni xohlamasdim” – “Beeline Uzbekistan”ning ko‘plab xodimlarining hikoyalari kompaniyaga kelgan vaqtlarini eslash bilan boshlanadi. Lekin, buni tushuntirish oson: tanish muhit, odamlarni tark etishlari oson bo‘lmagan “qulaylik doirasi” ... To‘g‘ri, oxirida ma’lum bo‘lishicha, o‘sha joyda unchalik ham qulaylik bo‘lmagan. Sardor Baxramov eslashicha, Toshkent shahri tumanlaridan birida advokat bo‘lib ishlagan chog‘ida dam olish kunlari va oddiy ish vaqti nima ekanligini bilmas edi. Shunga qaramay, uning “Beeline Uzbekistan”ga o‘tishi tasodifan sodir bo‘lgan. Xususiy kompaniyalar yuristlarga qanday shart-sharoitlarni taklif qilishlari unda qiziqish uyg‘otgan. Shunday qilib, Sardor o‘z rezyumesini Headhunter’da joylashtirgan  – va tez orada uni intervyuga taklif qilishgan.

“Men HR-direksiyasida Tatyana Grigoryeva bilan suhbatdan o‘tdim, - deydi Baxramov. – Shu suhbatning o‘zidan men shu kompaniyada ishlamoqchiligimni tushunib yetdim , chunki bu yerda har bir xodim qadrlanadi, bu yerda ajoyib jamoa bor. Nihoyat, ular normal kun tartibini taklif qilishdi, men uchun bu yangi narsa edi. Bu meni qiziqtirdi, endi mana ikki yarim yildirki, shu yerdaman. “Beeline”ga kelishim bilan, juda tez orada o‘zimga savol berdim: nega men o‘n yil oldin bu qadamni qo‘ymadim, nega tunlari bilan ishlab chiqdim?! Aytgancha, ishimni o‘zgartirganimdan keyingina men nihoyat uylandim. Bungacha oilaviy hayot haqida o‘ylashga ham vaqt yo‘q edi”.
 

Jamoa qanday kutib oladi

“Beeline Uzbekistan”ga o'tish tasodifmi yoki taqdirmi? Katta ehtimol bilan ikkinchisi, chunki Sardor kompaniya jamoasiga oson va tez qo‘shila oldi. Hamkasblar bunga har tomonlama hissa qo‘shdilar: ishining ikkinchi kunidayoq yangi yetakchi yuriskonsult ilk topshiriqlarini oldi. Texnik bo‘lim vakili Vladislav Vokal BS, AMS nima ekanligini, 3G va 4G tarmoqlari o‘rtasidagi farq qandayligini batafsil aytib berdi. Shu paytdan boshlab "qo‘rqinchli" professional atamalar tushunarli va tanish bo‘lib qoldi. Aslida, hammasi oddiy: BS - bu tayanch stantsiyasi, AMS - antenna-machta konstruktsiyasi, aloqachilar uskunalarni o‘rnatadigan minora, shunda telekommunikatsiya xizmatlari kengroq hududga tarqaladi. Nega yurist bularning barchasi haqida bilishi kerak? Chunki ruxsat olish, aloqa vositalarini qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish uning vazifalariga kiradi. Uchinchi avlod chastotalari uchun esa 4G chastotalariga qaraganda biroz boshqacha hujjatlar talab qilinadi. Umuman olganda, telekom kompaniyasida ishlaganda, hamma joyda kasbga oid so‘zlar eshitiladi: yo‘laklarda, yig‘ilishlarda, hatto korporativ bayramlarda ham. Sardor atroflicha “likbez”dan so‘ng gap nimada ekanligini tushunib yetdi. Hozirda shunchalik ko‘p bilim to‘planganki, hamkasblarning fikricha, sobiq advokat texnik bo‘limda ham bemalol ishlashga qodir. Hech bo‘lmaganda u o‘zini aloqachi deb hisoblashga to‘laqonli haqli.

Yangi jamoada Baxramov “ommaviy” yordamni his qildi: “Men boshqa bo‘lim xodimlariga savollarim bilan murojaat qila boshladim. Hamma yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, yordam berdi. Men uchun moslashish juda oson kechdi. Men bevosita rahbarim Tatyana Saxarovaga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ha, u qattiqqo‘l, talabchan, lekin u har qanday vaziyatda yordam beradi. Kompaniyadagi birinchi qadamlarim Tatyana Nikolaevnaning “yetaklashi” bilan qilingan. Albatta, “Beeline” – bu ajoyib jamoa. Men bu yerda hech qachon janjal ko‘rmaganman - hamma bir-biriga tabassum qiladi! Boshqacha bo‘lganida, kompaniyani ancha oldin tark etgan bo‘lar edim”.
 

Sud va ish

Yangi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash har doim muhimdir. Lekin Sardorning o‘zi “jamoa odami” bo‘lmaganida, bu yordam bermasdi. Nisbatan qisqa vaqt ichida u juda ko‘p odamlar bilan tanishdi - endi u har bir “Beeline Uzbekistan” xodimining ismini biladi. Ochiq, sezgir va ijobiy, ajoyib hazil tuyg‘usi bilan u har qanday masalalarni - kompaniya ichida ham, davlat organlari bilan ishlash jarayonida ham muvaffaqiyatli hal qila oladi. Va bu, aloqa operatorlarining yuristlari ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari, ba’zan - sudda kompaniya manfaatlarini himoya qilishlari kerak bo‘ladi. Lekin, shunda ham Sardor Baxramovning ijobiy munosabati va shubhasiz professionalligi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Natijada, bosh maslahatchi bor-yo‘g‘i bir yildan so‘ng ekspert-yuriskonsult lavozimigacha ko‘tarildi.

“Turli sud jarayonlarida g‘alaba qozonganimdan, korxonada muntazam tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida ijobiy qarorlarga erishganimdan juda faxrlanaman, – deydi Sardor. – Hozirda ko‘plab qiziqarli yangi loyihalar mavjud. Biz metroda tarmoqni ishga tushirish, 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqdamiz. Ishonchim komilki, oradan yillar o‘tib, men ham shu ishda ishtirok etganimni faxr bilan eslayman. Garchi “Beeline”da siz ko‘p narsaga tezda ko‘nikasiz. Avvaliga biz tufayli mobil aloqa qaysidir tog‘li yoki chekka hududda paydo bo‘lganida xursand bo‘lganimni eslayman, lekin hozir bu men uchun odatiy hol. Albatta, tarmoq qurilishi texnik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, lekin davlat idoralari bilan muzokaralar olib borish, uskunalarni o‘rnatishdan oldin hal qilinadigan barcha masalalar bizning ishimizdir”.

Mukofotlar nima uchun beriladi?

Sardor Baxramovning barcha professional yutuqlariga qaramay, kompaniyaning oltin mukofoti uning uchun kutilmagan hodisaga aylandi. Rosti ham: atiga bir necha yil ishlab turib - jamoada mingdan ortiq odam bo‘lganda, yettita eng yaxshi xodimlardan biriga aylanish! Biroq, bu tanlov nafaqat "ishdagi jarayonlar" bilan izohlanadi. Sardorning hayotdagi shiori “har doim “ha” deb javob berish”. Uning rasmiy vazifalariga kiradimi yoki yo‘qmi, u kimgadir yordam berishni rad etmagan. Garchi buning uchun unga yana “ilm-fan granitini kemirish” kerak bo‘lsa ham, Sardorning o‘z zimmasiga yangi vazifalarni olishi, ilgari o‘rganilmagan, huquqshunoslikning yangi qirralarini o‘rganishi muhimroqdir. Doimiy ravishda o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish esa - mukofotga loyiq bo‘lgan sifatdir.


 

Kompaniyaning unga bergan yuksak bahosi Sardorning olg‘a intilishini davom ettirishiga sabab bo‘ldi: “Mening mehnatim qadrlangani juda yoqimli bo‘ldi. Ammo men: “Mukofotni oldi va endi bo‘shashdi” degan ahvolda bo‘lishni istamayman. Shunchaki, endi men yengishim kerak bo‘lgan cho‘qqi yana bir pog‘onaga ko‘tarildi."

Hayot quvonchga to‘lganda

Ajablanarlisi shundaki, ko‘p turli xil vazifalar haqiqatan ham Baxramov bir vaqtlarda advokatlik amaliyotini tark etishga sabab bo‘lgan “normallashtirilgan ish kuni” davomiga sig‘adi. Muvaffaqiyatli ish endi shaxsiy hayotga xalaqit bermaydi.
 

Sardorning jajji o‘g‘li ulg‘aymoqda, u bilan har kunlik sayrlarining vaqti ham uzaydi. Uning vaqti endi xobbi uchun ham yetarli – Sardor o‘z qo‘li bilan bilaguzuklar va tasbehlar yasashni yaxshi ko‘radi. Uning uyida butun bir quyon fermasi ham mavjud. “Mening qirqqa yaqin quyonlarim bor, ular shunaqa chiroyliki - siz ularni albatta silab ko‘rgingiz keladi! Ayniqsa, quyonlarning nasl va zotlarini tushunuvchilar baholay olishadi, – deydi Sardor. “Ularni parvarishlash ko‘p vaqt oladi. Agar quyonlar kasal bo‘lib qolishsa, men o'zim ukol qilaman, davolayman, chunki ularga qachon qanday dori berish kerakligini bilish kerak. Uyga qaytib, qafaslarni ochib, quyonlarimga qaraganimda – har qanday charchog‘im ketadi”.

“Ish quvonch keltirsa, naqadar ajoyib!” - deydi Sardor Baxramov. U bilan yaqinroq tanishganingizda tushunasiz: uning o‘zi – “Beeline Uzbekistan” jamoasiga, tasbehlarini hadya qilgan do‘stlariga, oilasiga quvonch bag‘ishlaydi. Va hatto quyonlariga ham.
 
beeline logo 0611@beeline.uz