Hurmatli mijozlar!

КKompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2023-yil 22-fevral kuni soat 00:00 dan 07:00 gacha barcha hududlar mijozlari uchun quyidagi turdagi operatsiyalar bo’yicha uzilishlar kuzatiladi:

– Xizmatlarni yoqish/o’chirish, tarif rejani almashtirish;
– Abonentlarni ulash/o’chirish;
– Balansni to’ldirish;
– Off-line rouming uchun hisobdan yechilishi;
– Oxirgi 2 kunlik tafsilotlarni ko’rish;
– Beeline Uzbekistan va Beepul ilovalariga ta’siri;
– Maqsadli marketing dasturi bo’yicha bonuslarni taqdim etish;
– Tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda joriy kun uchun qo’ng’iroqlar tafsiloti bo’yicha ma’lumotlarni olish imkoni mavjud bo’lmaydi;
– kontentni yetkazilishida imkoniyati bo’lmasligi, xizmatlarga obuna bo’lish/obunani bekor qilish so’rovlaridan foydalanish imkoni bo’lmaydi;
– Shaxsiy kabinetda xizmatlarni ulash/o’chirish, tarif rejani o’zgartirish, SMS/USSD/WEB orqali ishonchli to’lov olish, tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda so’nggi uch kunlik qo’ng’iroqlar tafsiloti bo’yicha ma’lumotlarni olish imkoni mavjud bo’lmaydi;
– axborotli SMS-xabarnomalarning kelmasligi, BeepCall, Avtoto’lov, tezlikni pasaytirish kabi eslatmalarning yetkazib berilishida kechikishlar;
– kontent raqamlariga va xalqaro qo’ng’iroqlarga SMS yuborilishida cheklovlar kuzatilishi;
– GPRS sessiyalarida mavjud bo’lgan sessiyalardagi qisqa muddatli uzilishlar;
– Balanslarning holati haqida USSD-ma’lumot olish imkoni bo’lmaydi;
– 0 gacha narxlanishi asosidagi onlayn roumingda bo’lgan abonentlarning internet narxlanishi qisqa muddatli kechikishlar bilan kuzatiladi;
– roumingdagi qo’ng’iroqlarda qisqa muddatli cheklovlar kuzatiladi.
– balanslarning holati haqida ma’lumotni taqdim etish mavjud bo’lmaydi;
– qo’ng’iroqlar va smslar bo’yicha cheklanishlar;
–  Abonent to’lovi yechilishida va bonuslar taqdin etilishida kechikishlar ( soat 10:00 gacha bo’lishi mumkin).

Ishlar tugagandan so’ng, narxlanish boshlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so’raymiz