Profilaktika ishlari
Xabarlar10 May
1 min.
Hurmatli mijozlar!
Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma'lum qilamizki, 2023-yil 11-may kuni soat 02:30 dan 06:30 gacha barcha hududlar mijozlari uchun quyidagi turdagi operatsiyalar bo'yicha uzilishlar kuzatiladi:
- Xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish;
- Abonentlarni ulash/o'chirish;
- Balansni to'ldirish;
- Off-line rouming uchun hisobdan yechilishi;
- Oxirgi 2 kunlik tafsilotlarni ko'rish;
- Beeline Uzbekistan va Beepul ilovalariga ta'siri;
- Maqsadli marketing dasturi bo'yicha bonuslarni taqdim etish;
- Kontentni yetkazilishida imkoniyati bo'lmasligi, xizmatlarga obuna bo'lish/obunani bekor qilish so'rovlaridan foydalanish imkoni bo'lmaydi;
- Shaxsiy kabinetda xizmatlarni ulash/o'chirish, tarif rejani o'zgartirish, SMS/USSD/WEB orqali ishonchli to'lov olish, tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda so'nggi ikki kunlik qo’ng’iroqlar tafsiloti bo'yicha ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi;
- Axborotli SMS-xabarnomalarning kelmasligi, BeepCall, Avtoto’lov, tezlikni pasaytirish kabi eslatmalarning yetkazib berilishida kechikishlar;
- Kontent raqamlariga va xalqaro qo'ng'iroqlarga SMS yuborilishida cheklovlar kuzatilishi;
- Balanslarning holati haqida USSD-ma'lumot olish imkoni bo'lmaydi;
- Balanslarning holati haqida ma'lumotni taqdim etish mavjud bo'lmaydi;
- Abonent to'lovi yechilishida va bonuslar taqdin etilishida kechikishlar.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.