Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline TV platformasi faoliyatini to‘xtatilishi haqida xabar

Beeline TV platformasi faoliyatini to‘xtatilishi haqida xabar

Xabarlar
14 May
1 min.
Main Event Image

Hurmatli foydalanuvchilar!

Sizlarga ma'lum qilamizki, 2026-yil 30-may kunidan boshlab Beeline TV platformasi rasman o'z faoliyatini to'xtatadi. Ushbu qaror kompaniyaning telekommunikasiya sohasini rivojlantirish bo'yicha strategiyasidagi o'zgarishlar bilan bog'liq.

Bizni tanlaganingiz va birga bo'lganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Barcha amaldagi obunalar bekor qilinadi. Pul mablag'larini qaytarish bo'yicha savollar uchun 2026-yil 30-maygacha qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sizlar uchun yangi onlayn-kinoteatr xizmatimiz — KINOM faoliyat ko'rsatmoqda. Endi sevimli filmlar, seriallar, sport translyatsiyalari va TV-kanallarni qulay ilovada internet-trafik sarflamasdan tomosha qiling.

E’tibor bering, KINOM’dagi "KINOM PREMIUM" obunasi 30 kunga taqdim etiladi, sinov muddati davomida esa 0 so‘m.

Xizmatlarimizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi imkoniyatlarni KINOM bilan birga kashf etishga taklif qilamiz!