Bosh sahifa/Xabarlar/Aviaparvozlar va harakatlanishdagi vaqtinchalik cheklovlar sharoitida roumingda bo‘lgan Beeline Uzbekistan mijozlarini qo‘llab-quvvatlash

Aviaparvozlar va harakatlanishdagi vaqtinchalik cheklovlar sharoitida roumingda bo‘lgan Beeline Uzbekistan mijozlarini qo‘llab-quvvatlash

Xabarlar
2 Mart
1 min.
Main Event Image

2026-yil 2-martdan boshlab quyidagi mamlakatlarda: BAA, Bahrayn, Qatar, Iordaniya va Ummonda roumingda ro‘yxatdan o‘tgan Beeline Uzbekistan mijozlariga — jismoniy shaxslarga quyidagilarni o‘z ichiga olgan bepul aloqa paketi avtomatik tarzda taqdim etiladi:

- 10 daqiqa qo‘ng‘iroq
- 1 GB mobil internet-trafik

Paket mijoz tomonidan hech qanday qo‘shimcha harakatlarsiz avtomatik ravishda taqdim etiladi va ulangan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. Paket ulanganligi haqida mijozlarga SMS-xabar yuboriladi.

Mazkur tashabbus mijozlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yaqinlari bilan aloqada qolishini ta’minlashga qaratilgan.