Raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn mavjud!
Xabarlar
Telefon raqamini qayta rasmiylashtirish endi yanada oson — buni masofadan turib my.gov.uz portali orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Muhim ma’lumotlar:
• Xizmat narxi va qayta rasmiylashtirish shartlari Kompaniyaning amaldagi tartiblariga muvofiq belgilanadi
• Xizmat ko‘rsatish muddati: 1–5 kun
• Xizmat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan
Jarayon qanday amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan o‘tadi yoki tizimga kirib, ariza yuboradi
2. Raqamni qabul qiluvchi shaxs ma’lumotlarini kiritadi — tizim avtomatik tarzda so‘rov yuboradi
3. Qabul qiluvchi shaxsga bildirishnoma yuboriladi
4. So‘rovni tasdiqlaydi yoki rad etadi
5. Ariza beruvchi natija haqida xabarnoma oladi va tasdiqlangan taqdirda jarayonni yakunlaydi
6. Ariza mobil aloqa operatori tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
7. Ariza kelib tushgach, operator xizmat narxi haqida ariza beruvchini xabardor qiladi
Qulay onlayn xizmatdan foydalaning — savdo ofislariga borish shart emas!