Hurmatli mijozlar!
Xabarlar
Rossiya Federatsiyasi hududida roumingda bo‘lgan barcha mehmon abonentlar uchun mobil internet va SMS-xabarlar xizmatlarini taqdim etishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilganini ma’lum qilamiz.
Bloklash SIM-karta Rossiya operatori tarmog‘ida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab avtomatik ravishda qo‘llaniladi va 24 soat davomida amal qiladi, shundan so‘ng avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Agar Beeline Uzbekistan mijozi uch kundan ortiq vaqt davomida Rossiya operatorlari tarmog‘idan tashqarida bo‘lsa, qayta ro‘yxatdan o‘tganda 24 soatlik muddatga internet va SMS-xabarlarni bloklash yana amalga oshiriladi.
Beeline Uzbekistan tasarrufida bog‘liq bo‘lmagan texnik sabablarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida bloklash bekor qilinganidan keyin ham rouming xizmatlarini ko‘rsatishda vaqtinchalik cheklovlar kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya operatorlaridan olingan xabarnomaga ko‘ra, ovozli aloqa xizmatlari to‘liq mavjud bo‘lib, vaqtinchalik cheklovlardan mustasno.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Abonentlar uchun Beeline Rossiya tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng roumingdagi SMS va internet cheklovlarini darhol olib tashlashning 2 ta usuli mavjud.
1-usul:
1. Beeline Rossiya tarmog‘ida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgach, Beeline Rossiya tomonidan Beeline Uzbekistan mijozining raqamiga avtomatik tarzda 1-SMS yuboriladi.
2. 1-SMS orqali o‘tish lozim bo‘lgan havola mavjud.
3. Mavjud bo‘lgan yagona internet sahifasi ochiladi, u yerda mijoz “remove restrictions” (cheklovlarni olib tashlash) tugmasini bosishi kerak.
4. So‘ng mijoz kapcha (CAPTCHA) sahifasiga o‘tadi va “what do you see” maydoniga beshta raqamni kiritadi.
5. To‘g‘ri kiritilganda “restrictions removed” (cheklovlar olib tashlandi) xabari ko‘rinadi.
6. Barcha bosqichlar bajarilgach, mijozga xizmatning faollashgani haqida 2-SMS yuboriladi.
7. Shundan so‘ng samolyot rejimini (“samolyot” belgisi) yoqib-o‘chirish lozim.
8. Endi muvaffaqiyatli faollashtirilgan SMS va internet xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Muhim: Kapcha havolasi faqat RF Beeline mobil tarmog‘iga ulanganda ishlaydi. Wi-Fi va VPN o‘chirilgan bo‘lishi shart. Aks holda, identifikatsiya amalga oshmaydi. Bu ma’lumot kapcha havolasi biriktirilgan SMS-xabarda keltirilgan.
2-usul:
Shuningdek, abonentlar Beeline Rossiya tarmog‘idagi +79693504520 maxsus raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ham SMS va internet cheklovlarini bekor qilishlari mumkin.
Qo‘ng‘iroq narxi: daqiqasiga 7 500 so‘m.
Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarni bajargan abonent 24 soat kutmasdan SMS va internet xizmatlarini faollashtirishi mumkin.


