Beeline Uzbekistan Toshkent viloyatida yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi
22 Noyabr
Xabarlar
Qo‘shimcha baza stansiyalar tarmoqni yukini yengillashtirish va uning sig‘imini oshirish imkonini beradi, bu digital-operator abonentlari sonining ortib borayotganini hisobga olgan holda ayniqsa muhimdir. O‘rnatilgan baza stansiyalarning aksariyati yuqori tezlikdagi mobil Internetga ega 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yil boshidan buyon poytaxt viloyatida 200 dan ortiq baza stansiyalari qurildi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan beri “Beeline Uzbekistan” digital-operatori O‘zbekistonda 2100 dan ortiq baza stansiyalarini o‘rnatgan.
***
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabirdan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahri (Niderlandiya)da joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/