Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Jaloliddin Ahmadaliyev “Beeline”ning musiqa ilovasida yilning eng yaxshi ijodkoriga aylandi

Beeline Music&Radio ilovasi 2022-yilgi musiqiy natijalarni sarhisob qildi. Jaloliddin Ahmadaliyev yil artisti, ya’ni eng ko‘p tinglanadigan ijrochi bo‘ldi, shuningdek u “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida ham peshqadam. Digital-servis kontentga qiziqish ortganini ham qayd etdi – noyob tinglovchilar soni 2,5 barobarga oshdi.
Beeline Music&Radio ilovasida 2022-yilning yakunlari sarhisob qilindi. Shu tariqa, Jaloliddin Ahmadaliyev bir yilda bir milliondan ortiq tinglov yig‘ib, tinglovlar yetakchisi va yilning eng mashhur ijodkoriga aylandi. Uning “Charchadim” treki ham foydalanuvchilar orasida yetakchiga aylandi, u deyarli 190 000 marta tinglandi, trek uchun ilovada umumiy tinglash vaqti taxminan 360 000 daqiqani tashkil etdi.
Beeline Music&Radio-da yilning Top 3 ta treki quyidagilar:
Birinchi o‘rin Jaloliddin Ahmadaliyev va uning “Charchadim” qo‘shig‘i – taxminan 360 000 daqiqa yoki 25 kun davomiy tinglash, ikkinchi o‘rin Hamdam Sobirov ijrosidagi “Esla meni” qo‘shig‘i – 300 ming daqiqa, uchinchi o‘rin Elley Duhé’ning “Middle of Night” trekiga nasib etdi – u 220 ming daqiqa tinglangan. Ammo tinglovlar bo‘yicha bu kompozitsiya yetakchi o‘rinda – u 200 000 dan ortiq marta yoqilgan.
Top 3 ijrochi (jami treklari bo‘yicha yil davomida eng ko‘p tinglangan) ham Beeline Music&Radio foydalanuvchilari orasida o‘zbek ijrochilarining mashhurligini isbotladi. Shu tariqa, foydalanuvchilar Jaloliddin Ahmadaliyevni 1 143 039 marta tinglashgan, Hamdam Sobirovni 1 006 020, Shohruxxonni esa 480 525 marta qo‘shiqlarini tinglashgan.
Oflayn tinglash uchun eng ko‘p yuklab olingan qo‘shiq esa Elley Duhé – Middle of the Night qo‘shig‘i bo‘lib, u 10 ming martadan ko‘proq yuklab olingan.
Darvoqe, servis vakillari o‘zbek tilidagi kontentni tinglashga qiziqish sezilarli darajada ortganligini qayd etishdi:
– “Beeline Music&Radio” xizmatida san’atkorlarimizning treklarini tinglashga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani nafaqat qiziqishlar ortib borayotganidan, balki foydalanuvchilarimiz ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligidan dalolat beradi, chunki ular har bir trek va tinglash uchun gonorar oladi, demak, ular o‘zlarini yanada ko‘proq fidoyilik bilan ijodga bag‘ishlashlari mumkin, – dedi Beeline Uzbekistan raqamli texnologiyalar bo‘yicha direktori Tilek Axmatov.
Umuman olganda, yil davomida Beeline Music&Radio ilovasining noyob foydalanuvchilari soni 2,5 baravarga ko‘paydi va treklarni tinglash uchun so‘rovlar 2021-yilning dekabr oyi boshiga nisbatan 650 foizga oshgan, deya ta’kidlaydi raqamli xizmat ko‘rsatish jamoasi.
Beeline Music&Radio (Oʻzbekiston) — musiqa tinglash va yuklab olish uchun raqamli xizmat:
– 18 milliondan ortiq mashhur qo‘shiqlar;
– “Beeline” abonentlari uchun internet-trafik uchun to‘lovsiz;
– oflayn rejim: treklarni Beeline Music&Radio ilovasiga yuklab olish imkoniyati;
– qulay musiqa pleyeri;
– kontent muntazam yangilanishi;
– o‘z pleylistlarini yaratish va ularni do‘stlar bilan baham ko‘rish imkoniyati.
– o‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillardagi qo‘shiq matnlari mavjud.
Beeline Music&Radio ilovasining to‘liq funksionalini Play Market/AppStore.’da yuklab olish orqali ko‘rish mumkin.
Sayt: music.beeline.uz
Facebook: https://www.facebook.com/beelinemusicuz
Instagram: https://www.instagram.com/beelinemusicuz/