Toshkentning barcha tumanlarida mobil internet tezligi oshirildi
21 Sentyabr
Xabarlar
Beeline Uzbekistan 2023-yildagi tarmoq modernizatsiyasining birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Bajarilgan ishlar natijasida, mamlakatimizning 137 ta tuman va 54 ta shahrida 1300 dan ortiq baza stansiyalari ishga tushirildi, mobil internet tezligi yaxshilandi, qamrov hududi kengaytirildi va tarmoq sigʻimi oshdi. Poytaxtning oʻzida 240 dan ortiq baza stansiyalari takomillashtirildi.
Olib borilgan ishlar davomida kompaniyaning texnik mutaxassislari 2G va 3G formatidagi baza stansiyalarini toʻrtinchi avlod tarmogʻining koʻrsatkichlarigacha “tezlashtirishdi” va tarmoq sigʻimini kengaytirishdi. Shu sababli, modernizatsiya nafaqat baza stansiyalari, balki radiorele liniyalariga ham taʼsir koʻrsatdi. Buning natijasida poytaxtning barcha hududlarida aloqa xizmatlarining zarur sifati taʼminlanadi, bu avvalam bor, shahardagi aholi soni eng zich boʻlgan joylarga taalluqli.
Qurilma yangilanishi uzatiladigan internet-trafik hajmini oshirish hamda mobil internetdan koʻproq foydalanuvchilar foydalanishi uchun imkoniyat yaratdi. Shunday qilib, 2023-yilning sentabr holatiga koʻra, 4Gʻdan foydalanuvchi mijozlar soni 4,7 million kishini tashkil etdi, oʻtgan yilga nisbatan bu koʻrsatkich 21% ga oshdi.
Tarmoqni modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli loyiha ham turar-joy mavzelari, ham fuqarolarning ommabop dam olish joylarini, jumladan, yirik bozorlar va savdo markazlariga tutash hududlarni qamrab oldi. Ushbu manzillar qatorida, Tashkent City Park, Compass va NEXT savdo markazlari, Abu Saxiy, Karvon, Chorsu bozorlari, Parkent, Yunusobod va Sergeli bozorlari kiradi. Oʻtgan yili Beeline Uzbekistan bir qator savdo markazlari binolari ichida yuqori sifatli 4G qamrovini taqdim etgan boʻlsa, endi kompaniya mijozlari ommabop savdo maydonlaridan tashqarida ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida kompaniya “Humo Arena”ga tashrif buyuruvchilarni yanada barqaror va yuqori tezlikdagi aloqa bilan taʼminlash maqsadida sport-koʻngilochar majmuasidagi tarmoq infratuzilmasini yangilashni rejalashtirmoqda.
2023-yilning yana bir muhim texnik loyihasi Toshkent metropolitenida Beeline Uzbekistan tarmogʻining ishga tushirilishi boʻldi. Raqamli operator xizmatlari hatto yer ostida, poytaxtning barcha metro bekatlarida mavjud boʻldi.
“Uch million kishi doimiy istiqomat qiladigan megapolisda yuqori sifatli aloqani taʼminlash murakkab va keng koʻlamli vazifadir. Modernizatsiya 247 ta baza stansiyalariga taʼsir koʻrsatdi, ularning aksariyati hozirda LTE standartini, oʻnlab radiorele liniyalarini va bir qator boshqa infratuzilma obyektlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Poytaxtning barcha oʻn ikki tumanida ilgʻor texnologiyalardan foydalandik va tarmoq sigʻimini oshirdik. Mobil trafik isteʼmoli doimiy ravishda oʻsib bormoqda va bizning tarmogʻimiz mijozlarga barcha raqamli xizmatlardan tezkor foydalanish talablarini hisobga olgan holda, oldinda boʻlishi kerak”, — deydi Toshkent va Toshkent viloyatida biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Botirbek Beknazarov.
Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.