Kompaniyalar ma’lumotlar sizib chiqishi va ish to‘xtab qolishiga qanday qilib o‘zlari yo‘l ochib beradi
Xabarlar
Litsenziyalardan pul tejash faqat birinchi ko‘ngilsiz hodisagacha foydali bo‘lib tuyuladi: toki ma’lumotlar sizib chiqmaguncha, tizimlar ishdan chiqmaguncha va biznes to‘xtab qolmaguncha.
Beeline Uzbekistan axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Shulikov bilan bir necha daqiqa ichida, ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz, nima uchun bugungi kunda litsenziya bonus emas, balki minimal talab ekanini va bu borada nima qilish kerakligini tahlil qilamiz.
Intervyuda nimalar haqida so‘z yuritamiz:
• nima uchun qaroqchi distributiv tejamkorlik emas, balki kechiktirilgan xatar ekanligi haqida;
• litsenziyasiz dasturiy ta’minot qanday qilib ma’lumotlar sizib chiqishi va nosozliklar uchun “darvoza”ga aylanishi haqida;
• nima uchun litsenziya xarid qilish “premium tanlov” emas, balki zaruriy minimum ekanligi haqida;
• Microsoft 365’ga o‘tish nimalar beradi: mahsuldorlik, ma’lumotlarni shifrlash, sun’iy intellekt yordamida ishlashni tezlashtirish va har bir bosqichda himoya.
Litsenziyalangan dasturiy ta’minotga o‘tish jarayonini sozlashdan tortib migratsiyagacha — kompaniya faoliyatini to‘xtatmagan holda, to‘liq amalga oshirish mumkin. Microsoft’ning sertifikatlangan hamkori sifatida Beeline Business har bir bosqichda sizga hamrohlik qiladi. Batafsil ma’lumot — Beeline Business saytida.
Mavzu yuzasidan o‘qing:
• Korporativ sektorda qaroqchilik dasturiy ta’minot: moliyaviy va reputatsion xatarlar
• Aloqa, internet va Microsoft yechimlari — hammasi Beeline Business’da