Bosh sahifa/Xabarlar/Mijozlar diqqatiga

Beeline

Hurmatli mijozlar, sizni 2025-yil 3-iyundan kuchga kiradigan quyidagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilamiz:

1. Oila tarif rejalari parametrlari yangilanmoqda:
∙ Oila Start - 75 000 so‘m/oyiga, 75 GB internet;
∙ Oila Max - 125 000 so‘m/oyiga, 180 GB internet;
∙ Oila Ultra - 185 000 so‘m/oyiga, 350 GB internet;
∙ Oila Mega - joriy abonent to‘lovini saqlab qolgan holda internet-trafik hajmi 100 GB ga oshadi va 450 GB ni tashkil etadi.

Yangi ulanishlar uchun 20% chegirma saqlanib qoladi. Chegirma bilan narxlar:
∙ Oila Start - 60 000 so‘m/oyiga,
∙ Oila Max - 100 000 so‘m/oyiga,
∙ Oila Ultra - 148 000 so‘m/oyiga,

Yangi shartlar navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechib olinganidan so‘ng kuchga kiradi. Tariflarning boshqa parametrlari o‘zgarmaydi.

2. “Konstruktor” tarifi shartlari o‘zgarmoqda:
Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa — 2 500 so‘m kunlik abonent to‘lov tizimi faollashtiriladi hamda 100 daqiqa, 100 SMS va 500 MB taqdim etiladi.

3. Kunlik abonent to‘lovi shartlari yangilanmoqda:
Bir qator tarif rejalarida oylik abonent to‘lovi hisobdan yechilmagan holatda faollashtiriladigan kunlik abonent to‘lovi endilikda 2500 so‘mni tashkil etadi hamda 100 daqiqa, 100 SMS va 500 MB internetni o‘z ichiga oladi.

Tariflar ro‘yxati

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin