Bosh sahifa/Xabarlar/Diqqat! Raqamni ko’chirish (MNP) xizmatida o’zgarishlar!

Diqqat! Raqamni ko’chirish (MNP) xizmatida o’zgarishlar!

Xabarlar
27 Dekabr
1 min.
Main Event Image

27 dekabr 2025 yildan 20 fevral 2026 yilgacha siz Beeline Uzbekistan ga o‘z raqamingiz bilan bepul o‘tishingiz mumkin — raqamni ko‘chirish xizmati (MNP) uchun to‘lov olinmaydi. Ko‘chirish jarayonida faqat tanlangan tarif uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Endi siz tezkor va barqaror mobil internetdan* foydalanishingiz, hamda Beeline ekotizimining afzalliklaridan — hambi, Beepul, KINOM, riitm — foydalanishingiz va shu bilan birga odatdagi raqamingizni saqlab qolishingiz mumkin.

Beeline Uzbekistan ga o‘tish juda oson: Beeline ofislariga tashrif buyurishingiz yoki nomer.beeline.uz sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin. 

Muhim: mobil raqamni ko‘chirish (MNP) xizmati uchun to‘lov, Beeline Uzbekistan ga ulanish sanasidan boshlab 12 oy o‘tmasdan shartnoma bekor qilinganda yoki boshqa operatorga o‘tilganda undiriladi.

*Opensignal mukofotlari – Oʻzbekiston: mintaqaviy holat va operatorning foydalanuvchi tajribasi boʻyicha 2025-yil sentabr oyi hisoboti.