“HUMO SMS-xabarnomasi” va “880 SMS-xabarnomasi” xizmatlari narxining o‘zgarishi
Xabarlar
Hurmatli mijozlar!
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-maydan boshlab “HUMO SMS-xabarnomasi” (“Octotelecom” MChJ kontent-provayderi) va “880 SMS-xabarnomasi” (Click to‘lov tashkiloti) xizmatlarining narxi o‘zgaradi.
HUMO nomidan (13131 qisqa raqami) va 880 qisqa raqamidan keladigan har bir SMS-xabar uchun narx 168,40 so‘mni tashkil etadi.
“HUMO SMS-xabarnomasi” xizmati HUMO kartasi egasiga barcha tushumlar, joriy balansi, naqd pul yechib olish amaliyotlari, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilgan vaqtda ulardan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
“880 SMS-xabarnomasi” xizmati ma’lumot beruvchi bo‘lib, foydalanuvchilarga USSD-kodlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar holati hamda o‘z kartasi ulangan xizmatlar bo‘yicha xabarnomalarni olish imkoniyatini taqdim etadi.
Batafsil: https://octotelecom.uz/uz/izmenitsya-stoimost-sms/