Beeline Uzbekistan’dan eSIM: ko‘proq imkoniyatlar, ko‘proq erkinlik
16 Iyul
Xabarlar
eSIM (embedded SIM) mobil xizmatlardan foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi, masalan, bitta qurilmada bir nechta raqamlardan foydalanish. Mijoz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Beeline Uzbekistan ilovasi yordamida eSIM-ni sanoqli daqiqalarda ulash mumkin. eSIM-ni O‘zbekiston fuqarolari ulash imkoniyatiga ega.
eSIM oddiy SIM-kartaning barcha funksiyalariga ega, jumladan, internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar, shu bilan birga bir vaqtning o‘zida ikkita — oddiy SIM va eSIM raqamidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, tez-tez sayohat qiladigan yoki ish va shaxsiy ehtiyojlari uchun turli raqamlardan foydalanadiganlar uchun juda qulay. Bundan tashqari, eSIM SIM-kartani to‘liq o‘rnini bosadi va barcha mobil aloqa xizmarlari, shu jumladan roumingda ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xizmat iOS va Android smartfonlari, shuningdek, ba’zi planshetlarda qo‘llab-quvvatlanadi.
eSIM - 5x6 mm o‘lchamdagi mikrosxema bo‘lib, u ishlab chiqarish bosqichida qurilmaning bir qismiga aylanadi, shuning uchun uni yo‘qotish yoki shikastlash mumkin emas. Endi mijoz yangi eSIM’ni ulash uchun kompaniya ofisiga tashrif buyurishi shart emas. Hammasini uydan chiqmasdan, masofadan turib amalga oshirish mumkin. Buning uchun oxirgi versiyagacha yangilangan Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olish va ochish, "eSIM rasmiylashtirish" bo‘limiga o‘tish va hududni tanlash, so‘ngra - raqamni tanlash va "Ulanish" tugmasini bosish kerak. Keyin tarif rejasini tanlash hamda ommaviy oferta va foydalanish shartlarini qabul qilish, MyID tizimi orqali shaxsni identifikatsiya qilish va ma’lumotlarni tekshirishdan o‘tish kerak. Balans to‘ldirilganidan keyin, eSIM muvaffaqiyatli faollashtirilgani haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi: mijozga qurilmaga eSIM profilini o‘rnatish uchun QR-kod taqdim etiladi.
eSIM-ni faollashtirishdan oldin mijozlarga mobil qurilmaning IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish tavsiya etiladi. Beeline Uzbekistan ilovasi orqali eSIM ulash qulay va vaqtni tejashga yordam beradi. Agar QR-kod 10 marta faollashtirilgan bo‘lsa yoki QR-kodli shakl yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, digital-operator ofisiga murojaat qilib, eSIMni almashtirish muolajasidan o‘tish kerak bo‘ladi.
"Digital enablement (raqamli mavjudlik) — bu global trend va Beeline Uzbekistan’dan eSIM uning yorqin misolidir. eSIMni barcha savdo kanallarida qo‘shimcha to‘lovsiz ulash mumkin, Beeline Uzbekistan ilovasida esa ulanish atigi bir necha daqiqa vaqt talab qiladi. Bu esa mobil xizmatlardan qulaylik va samaradorlikning yangi darajasida foydalanishni xohlovchi mijozlar uchun eSIMni yanada jozibador qiladi," - deya izoh berdi Beeline Uzbekistan ommaviy savdo direktori Andrey Zlotnikov.
eSIM-ning asosiy afzalliklaridan biri — xavfsizlik. Agar smartfon g‘ayrli qo‘llarga tushib qolsa, ular qurilmadan foydalana olmaydi, chunki yangi profilni yuklash va eskisini o‘chirish faqat eSIM egasi tomonidan amalga oshiriladi. eSIM telefonga o‘rnatilganligi sababli, uni chiqarib olish mumkin emas, bu esa o‘g‘irlangan smartfonni jinoyatchi uchun befoyda qiladi.
eSIM QR-kodi — bu mijozning telefon raqami kaliti bo‘lib, eSIM kartani tiklash yoki yangi qurilmaga o‘tkazish uchun uni saqlash tavsiya etiladi, lekin xavfsizlik nuqtayi nazaridan hech qachon boshqalarga berilmasligi kerak.
eSIM afzalliklaridan biri - bir qurilmada bir nechta profillarni saqlash imkoniyati. Zamonaviy smartfonlar bir vaqtning o‘zida beshtagacha eSIM kartalarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
eSIM o‘rnatilganligi va to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun uning holatini qurilmada tekshirishingiz lozim:
iOS:
1. "Sozlamalar"ni oching.
2. "Uyali aloqa" bo‘limiga o‘ting.
3. Yuklab olingan eSIM va uning holati haqidagi ma’lumotlarni tekshiring.
Android:
1. "Sozlamalar"ni oching.
2. "Ulanish" bo‘limiga o‘ting.
3. "SIM-karta dispetcheri"ni tanlang.
4. Yuklab olingan eSIM ma’lumotlarini tekshiring.
Oxirigacha o‘qiganlar uchun xushxabar: 2024-yil 1-avgustgacha raqamli operator ofislarida yoki nomer.beeline.uz saytida jismoniy SIM-kartani eSIMga almashtirish qo‘shimcha to‘lovsiz amalga oshiriladi.