VEON Group rahbari: O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi misli ko‘rilmagan darajada. Bayonot mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlandi

Xabarlar
17 Iyul
3 min.
Main Event Image

VEON guruhi bosh direktori Kaan Terziogluning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi taraqqiyoti Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi, raqamlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va jahon bozorlariga integratsiyaga asoslangan, milliy transformatsiyaning mislsiz namunasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan videomurojaatda Kaan Terzioglu O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga yuqori baho berdi. 

“Har qanday muvaffaqiyat ikki narsaga bog‘liq: g‘oya va uni amalga oshirish”, – dedi Nasdaq birjasida ro‘yxatga olingan VEON Group rahbari Kaan Terzioglu. Nasdaq fond birjasida ro‘yxatga olingan VEON Group tarkibiga O‘zbekistonning yetakchi raqamli operatorlaridan biri – Beeline Uzbekistan kiradi. Kaan Terzioglu Prezidentning g‘oyasini, shuningdek, vazir Sherzod Shermatov boshchiligidagi Raqamli texnologiyalar vazirligining amalga oshirayotgan ishlari alohida ta’kidlab, shunday qo‘shimcha qildi: “Muvaffaqiyat muqarrardir”.

25 yil oldin Toshkentga birinchi marta tashrif buyurgan Terzioglu, o‘zgarishlar ko‘lami tengsiz ekanini ta’kidladi. “Bunday hajmdagi mamlakat shu qadar qisqa vaqt ichida qanday darajadagi transformatsiyani boshdan kechirishi mumkinligini men tasavvur ham qila olmayman. Iqtisodiyot liberallashmoqda, jahon iqtisodiyoti milliy iqtisodiyotga integratsiyalashmoqda, tadbirkorlik va startaplar rivojlanmoqda”.

U O‘zbekistonning so‘nggi paytda yetakchi startap ekotizimi sifatida tan olinganini – faollik uch baravardan ortiq o‘sganini – mamlakatda to‘g‘ri tartibga solish muhiti yaratilganining dalili sifatida keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kompaniyalar eng ko‘p qadrlaydigan omillar bu – kompaniyalarni tez ro‘yxatdan o‘tkazish, ish ruxsatnomalarini tezkor rasmiylashtirish, barqaror va oldindan tushunarli soliq tizimi va investorlarga adolatli munosabat. Uning ta’kidlashicha, bunday bashorat qilinadigan muhit “bizga katta ishonch beradi” va mamlakatni tadbirkorlar hamda investorlar uchun jozibador maskanga aylantiradi.

VEON rahbari, shuningdek, mamlakat iqtisodiy kelajagiga o‘ziga xos yondashuvni bayon qildi. “Men O‘zbekistonni neft ishlab chiqaruvchi davlat emas, balki ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi davlat sifatida ta’riflayman”, – dedi u. “Ma’lumotlar suvereniteti saqlanishi, ya’ni O‘zbekiston ma’lumotlari O‘zbekistonda, tegishli ma’lumotlar markazlarida qolishi va o‘zbek muhandislari bu ma’lumotlarni qayta ishlab, mustaqil raqamli xizmatlarni, oxir-oqibatda esa suveren kengaytirilgan intellekt salohiyatini yaratishi juda muhim”.

Terzioglu mamlakat yoshlarini AI-ni faol o‘zlashtirishga chaqirdi – u buni “sun’iy” emas, balki “kengaytirilgan” intellekt (augmented intelligence) sifatida talqin qilishni afzal ko‘radi –. “Katta til modellarini qanday yaratishni emas, balki ulardan qanday foydalanishni o‘rganing. AI shifokorni – yaxshiroq shifokorga, o‘qituvchini – yaxshiroq o‘qituvchiga, fermerni – yanada samarador va kichik biznes egasini – yanada foydaliroqqa aylantirish salohiyatiga ega. Gap kengaytirilgan intellekt odamlarning o‘rnini bosishida emas. Gap kengaytirilgan intellektdan samarali foydalanadigan odamlar undan foydalanmaydiganlar ustidan g‘alaba qozonishida”.

AI-ni bug‘ dvigateli, elektr energiyasi va internet bilan solishtirar ekan, u odamlarning uchdan bir qismi bunday o‘zgarishlarni hech qachon tushunmasligini, yana uchdan bir qismi tushunsa-da, harakat qila olmasligini, qolgan uchdan bir qismi esa ularni qabul qilib, muvaffaqiyatga erishishini ta’kidladi.

Kelajak haqida gapirar ekan, Terzioglu intizom, mehnatsevarlik va qadriyatlar keyingi o‘n yilliklarni belgilashini ta’kidladi. “Texnologiya ajoyib narsa, ammo undan yaxshilik uchun ham, yomonlik uchun ham foydalanish mumkin. O‘zbekistonni bugungi darajaga olib chiqqan axloq, halollik va qadriyatlarga amal qilish juda muhimdir. O‘zbekiston kabi mamlakatda haqiqiy va suveren kengaytirilgan intellekt ertaga qanday yashashimizni belgilaydi.”

VEON 2006-yilda bozorga kirganidan buyon O'zbekiston raqamli iqtisodiyotining uzoq muddatli investori hisoblanadi, kompaniyaning xalqaro operatsion xabi esa IT Park Tashkent'da joylashgan.