Beepul Oʻzbekistonning eng yirik toʻrtta toʻlov xizmati qatoridan oʻrin oldi
Xabarlar
2026-yilning birinchi yarim yilligida Beepul 87,3 milliard UZS daromad qildi, bir yil oldingi 44,6 milliard UZSga nisbatan — bu yillik 96% oʻsishni bildiradi. Bu maʼlumotlar OpenInfo tomonidan eʼlon qilingan 2026-yil II chorak moliyaviy hisobotiga asoslangan. Shu davr mobaynida xizmat Oʻzbekiston toʻlov kompaniyalari orasida daromad boʻyicha beshinchi oʻrindan toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi.
Bu natija Oʻzbekiston toʻlov bozorining oʻsishi fonida qayd etildi. Mamlakatning eng yirik oʻnta toʻlov kompaniyasi 2026-yilning birinchi yarim yilligida jami 2,4 trillion UZS daromad topdi — bu bir yil oldingiga nisbatan 41% koʻp. Beepul'ning daromadi bir necha yil oldin 10 milliard UZSdan kam boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda deyarli 90 milliard UZSga yetdi, bu esa umumiy bozor oʻsish surʼatidan sezilarli darajada yuqori.
Foydalanuvchilar faolligi ham daromad bilan birga oʻsdi. 2026-yilning birinchi yarim yilligida Beepul'ning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 million kishiga yetdi — bu platformadagi mobil moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi oshib borayotganini koʻrsatadi.
«Birinchi yarim yillik natijalar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda raqamli toʻlovlar bozori faol rivojlanishda davom etmoqda, raqobat esa tobora kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda nafaqat biznes koʻlamini kengaytirish, balki foydalanuvchilar uchun uzoq muddatli qiymat yaratish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Beepul'ning daromad oʻsishi va bozordagi mavqeining mustahkamlanishi mahsulot ustida izchil ish olib borish, ekotizimni rivojlantirish va raqamli xizmatlar sifatini oshirish natijasidir», — dedi «Beelab» AJ direktori Anatoliy Pavlinov.
«Beelab» AJ Beeline Uzbekistan raqamli ekotizimining bir qismi boʻlib, uning rivojlanishiga hissa qoʻshadi. 2026-yilning birinchi yarim yilligida Beeline Uzbekistan'ning raqamli daromadi 31,7%ga oʻsdi.
Beelab haqida
Beelab — 2018-yil 19-fevralda tashkil etilgan, Beeline Uzbekistan (VEON Ltd.) operatorining shoʻba korxonasi boʻlgan oʻzbek fintech kompaniyasi. Kompaniya raqamli moliyaviy mahsulotlarni, jumladan Beepul xizmatini, ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi hamda banklar va boshqa moliya tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Beepul haqida
Beepul — Oʻzbekistonda 1000 dan ortiq xizmat uchun toʻlovlarni amalga oshiruvchi universal yordamchi. Kommunal toʻlovlar, mobil aloqa va internet uchun toʻlovlar, onlayn xizmatlar va boshqa koʻplab imkoniyatlar — bir ilovada, bir necha bosish orqali.
Beepul Oʻzbekistonning barcha mobil operatorlari mijozlariga kartadan-kartaga tezkor pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, toʻlovlarni boshqarish va sodiqlik dasturi orqali har bir tranzaksiya uchun Beep-bonuslar toʻplash imkonini beradi. Foydalanuvchilar avtomatik toʻlovlar, bonus dasturlari va Beeline Uzbekistan'ning eksklyuziv takliflaridan foydalanishlari mumkin — bularning barchasi Beepul orqali qulay, tez va xavfsiz toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Beepul'ni AppStore va GooglePlay'dan yuklab oling.