Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida “Beeline” aloqasi yo‘lga qo‘yildi

Digital-operator poytaxt metrosida uyali aloqani sinovdan o‘tkazdi. Endi “Beeline Uzbekistan” abonentlari hatto metroda ham barcha odatiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

“Beeline” metro aloqasi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magi tufayli amalga oshdi.

“Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andrzej Malinowski taʼkidlaganidek, loyihaning asosiy harakatlantiruvchi maqsadi abonentlarni istalgan joyda aloqa bilan taʼminlash istagi bo‘lgan: “Beeline xizmatlari shaharlar va olis togʻli hududlarda hamda qadimiy meʼmoriy yodgorliklar yaqinida mavjud. Endi esa navbatdagi mantiqiy qadam qo‘yildi: biz yer ostiga o‘tdik! Yuz minglab mijozlarimiz Toshkent metropolitenining xizmatlaridan foydalanadilar, shuning uchun biz 31 ta metro bekatining har birida sayohat davomida ular aloqada qolishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga soldik. Metro bu sayyohlarga tanish transport. Endi poytaxt mehmonlari smartfonlardan metro bekatlarida, xususan, navigatsiya, internetdan kerakli manzillarni qidirishda foydalanishlari mumkin bo‘ladi”.

Bir necha oy davomida barcha metro stansiyalaridagi texnik xodimlar mobil xizmatlarni nosozliklarni tuzatish va ovoz, ma’lumotlar va signal uzluksizligini sinovdan o‘tkazishdi.

“Endi mijozlarimiz Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida a’lo sifatda odatiy messenjerlardan foydalanishlari, musiqa va podkastlar tinglashlari, hattoki o‘zlarining sevimli teleko‘rsatuvlari yoki ma’ruzalarini tomosha qilishlari mumkin. Va, albatta, kun davomida yaqinlar, do‘stlar va hamkasblar bilan aloqada bo‘lish juda muhimdir”, — deya voqeani sharhladi “Beeline Uzbekistan” texnik direktori Mahmudjon Nodirov. “Biz metroda  yo‘lovchilarning ko‘paygan paytlarida aloqa sifatini, ayniqsa, eng tig‘iz soatlarda, fikr-mulohazalarni tahlilini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. Bu kompaniyaning barcha xizmatlari metroda yer yuzidagi kabi ishlashi uchun muammoli nuqtalarni tezda topish va asbob-uskunalarni tezda sozlash imkonini beradi”.

“Beeline Uzbekistan” tarmog‘i UZTELECOM uskunasida ishga tushirildi. Ikki kompaniyaning MORAN (Multi Operator RAN) faol uskunasini almashish texnologiyasi O‘zbekistonda birinchi marta qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan 2022-yilda mamlakatning barcha hududlarida 2330 dan ortiq yangi baza stansiyalarini ishga tushirgan.