Beeline Uzbekistan o‘zining fortifAI platformasida biznes uchun S3 obyekt saqlash xizmatini ishga tushirdi
27 Fevral
Xabarlar
Beeline Business o‘z fortifAI platformasida joylashtirilgan S3 obyekt saqlash tizimi bo‘yicha tijorat faoliyatini boshladi. Ushbu yechim Nutanix Objects texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, korporativ mijozlarga katta hajmdagi tartiblashtirilmagan ma’lumotlarni saqlash va boshqarish uchun moslashuvchan va ishonchli vositani taqdim etadi.
Yangi saqlash yechimi S3 protokoli bilan to‘liq mos keladi, bu esa ushbu standartni qo‘llab-quvvatlaydigan mavjud dasturlar va xizmatlar bilan uzluksiz integratsiyalashish imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarga mahalliy xotiraga standart API va S3 protokoli bilan ishlash uchun mo‘ljallangan vositalar orqali kirish imkonini yaratadi.
Mazkur ma’lumot saqlash vositasi zaxiradagi ma’ulmot nusxalari, arxivlar, jurnallar va mediafayllar bilan ishlash uchun juda qulay bo‘lib, maxfiy ma’lumotlarni uchinchi tomon xizmatlarida qo‘llash yoki O‘zbekistondan tashqarida saqlashni talab qilmaydi.
fortifAI S3 xotirasi keng qo‘llaniladigan biznes zaxiralash tizimlari, tahliliy vositalar va S3 protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa dasturlar bilan uyg‘unlashadi.
"Mijozlarimiz obyektlarni saqlash joylarini yaratishlari va S3 manzillari hamda kalitlari orqali kirishni sozlashlari, shuningdek, xotirani o‘zlarining ichki dasturlari va jarayonlari bilan birlashtira olishlari mumkin. Ushbu yechim korxonalarga ma’lumotlarni mahalliy joylashtirish, infratuzilmani to‘liq nazorat qilish va yuqori tezlikda kirish, shuningdek, ma’lumotlarni joylashtirish va xavfsizlik bo‘yicha amaldagi talablarga rioya qilish kabi afzalliklarni taqdim etadi. Bu yechim korxonalarga xarajatlarni optimallashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish va o‘z axborotlari ustidan to‘liq nazoratni saqlab qolishga yordam beradi," — deydi Beeline Uzbekistan korporativ savdoni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko
Boshqaruv Nutanix Prism yoki buyruqlar qatori interfeysi (CLI) orqali amalga oshiriladi, bu esa ishlash va sozlash jarayonlarini soddalashtiradi. Beeline Business barcha o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash bosqichlarini o‘z zimmasiga oladi, bu esa mijozlarga biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratish imkonini beradi. Bu Beeline Business’ning yuqori texnologiyali biznes xizmatlarini kengaytirish yo‘lidagi yana bir qadami bo‘ldi. 2024-yil noyabr oyida operator O‘zbekiston hududida ma’lumotlarni xavfsiz qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydigan fortifAI IT xizmatlari platformasini ishga tushirgan edi.