Beeline Uzbekistan Xorazmda yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi
19 Iyul
Xabarlar
Beeline Uzbekistan butun O‘zbekiston bo‘ylab telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish ustida faol ishlar olib bormoqda.
Shu yilning o‘zida kompaniya Xorazm viloyatida 20 ta hududda 60 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi: 12 ta yangi baza stansiyalari Xiva shahrida va 48 tasi Xorazm viloyatining Bog‘ot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida o‘rnatildi.
Yangilarini o‘rnatish bilan bir qatorda, digital-operator 26 ta hududda 66 ta mavjud baza stansiyalarini modernizatsiya qildi. Ulardan 61 tasi Urganch shahrida, 5 tasi esa Xiva shahrida joylashgan. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida viloyat bo‘yicha internet tezligi yil boshidan buyon 44 foizga, VoLTE trafigi esa 8 barobarga oshib, kuniga 8 ming Erlni tashkil etdi.
Baza stansiyalardan tashqari, Xorazmda ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan radiorele liniyalari modernizatsiya qilindi, ular endi yanada zamonaviy va tezkor EBand texnologiyasi asosida ishlaydi. Modernizatsiya 13 ta RRL oraliqlarini yangilash va 29 ta yangilarini qurishni o‘z ichiga oldi, bu esa o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi va mavjud infratuzilmani bo‘shatdi, ma’lumotlarni yanada barqaror uzatish va qabul qilishni ta’minladi.
Aloqa va internet sifatini yaxshilash uchun radiotarmoq optimallashtirildi, bu xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, shuningdek abonentlardan kelib tushgan shikoyatlarni bartaraf etish imkonini berdi. Xiva shahridagi markaziy bozor va Ichan Qal’a majmuasi kabi mahalliy aholi va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan joylardagi baza stansiyalarida tarmoq sifatini sezilarli darajada yaxshilash va internet tezligini oshirish imkonini beruvchi 32x32 MIMO texnologiyasi joriy etildi.
Tarmoqni kengaytirishda barcha ijtimoiy va ekologik jihatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi normalari va talablariga amal qilindi.
"Yangi stansiyalarning ishga tushirilishi va mavjud baza stansiyalarining modernizatsiya qilinishi Xorazmda internet tezligi va aloqa sifatining o‘sishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, yangilanishlar Xiva va Ichan Qal’a majmuasi kabi sayyohlar orasida mashhur joylarga ta’sir o‘tkazdi. Bizning mijozlarimiz doimo aloqada bo‘lishi uchun infratuzilmaga sarmoya kiritishda davom etamiz", — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan G‘arbiy mintaqaviy filiali direktori Aybek Uzakov.
Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.