#

Eng tezkor mobil internet

#

Eng barqaror tarmoq

Bosh sahifa/Xabarlar/VEON Beeline Uzbekistan’ning yangi Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazini taqdim etdi va O‘zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqishni jadvallashtirish uchun BuildX’ni ishga tushirdi

VEON Beeline Uzbekistan’ning yangi Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazini taqdim etdi va O‘zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqishni jadvallashtirish uchun BuildX’ni ishga tushirdi

26 Yanvar

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Dubay va Toshkent, 2026-yil 26-yanvar — VEON Ltd. (NASDAQ: VEON), global raqamli operator (“VEON” yoki sho‘ba korxonalari bilan birgalikda “VEON Group”), bugun Toshkent shahrida Beeline Uzbekistan’ning yangi Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazini (Network Operations Center, NOC) rasman taqdim etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, VEON Group bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu, shuningdek Beeline Uzbekistan Kuzatuv kengashi a’zolari va kompaniya rahbariyati ishtirok etdi. Shu kuni VEON, shuningdek, O‘zbekistonda o‘zining yangi dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt kompaniyasi — BuildX’ni ishga tushirdi.

Beeline Uzbekistan’ning Toshkentdagi Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazi (NOC) raqamli boshqaruv markazi sifatida faoliyat yuritib, 5 850 dan ortiq baza stansiyalarini 24/7 rejimida monitoring qiladi hamda 2025-yil sentabr holatiga ko‘ra 7,7 million Beeline Uzbekistan abonentlari uchun barqaror aloqa xizmatlarini ta’minlaydi. Proaktiv monitoring markazi sifatida NOC tarmoqdagi nosozliklarni real vaqt rejimida aniqlab, muhandislarga aksariyat hollarda foydalanuvchilar xizmat uzilishlarini sezishidan avval muammolarni tezkor bartaraf etish imkonini beradi. Markaz tarmoqning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda kuzatib boradi va mustaqil Opensignal tahliliga ko‘ra O‘zbekistondagi eng barqaror tarmoq sifatida e’tirof etilgan Beeline Uzbekistan tarmog‘ida mijozlar tajribasini yanada mustahkamlaydi.

NOC’dan tashqari, Beeline Uzbekistan kompaniyasida alohida Axborot xavfsizligi operativ markazi (Security Operations Center, SOC) ham faoliyat yuritadi. Ushbu markaz tarmoq va raqamli xizmatlar doirasida kiberxavflarni monitoring qiladi va ularga tezkor javob choralarini ko‘radi. IT va dasturiy ta’minot jamoalari bilan yaqin hamkorlikda ishlagan holda, SOC mijozlar va hamkorlar uchun xavfsiz va ishonchli raqamli muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

BuildX, Toshkentdagi IT Park rezidenti bo‘lgan dasturiy ta’minot va sun’iy intellektni ishlab chiqish sohasidagi yangi kompaniya VEON’ning mavjud dasturiy ta’minot ishlab chiqish salohiyatiga tayanadi. Bu salohiyat Qozog‘istondagi QazCode kabi markazlarni ham o‘z ichiga oladi — u yerda sun’iy intellekt asosidagi ilovalar, bulutli platformalar, korporativ tizimlar va ma’lumotlar tahlili yechimlari ishlab chiqilgan. BuildX kengaytiriladigan va eksportga yo‘naltirilgan texnologik yechimlar yaratishga e’tibor qaratadi hamda O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va Markaziy Osiyodagi texnologik markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlariga hissa qo‘shadi.

“O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi puxta siyosat asosida tez sur’atlarda rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot shakllanmoqda. Biz ushbu siyosiy poydevor, kuchli xususiy sektor vakillari va yosh raqamli mutaxassislarimizga tayangan holda mamlakatimizni mintaqaviy texnologik markazga aylantirishga qat’iy bel bog‘laganmiz”, — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochilish marosimida. “VEON’ning O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotiga kiritayotgan uzluksiz investitsiyalari hamda raqamli platformalarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, muhim aloqa infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan tashabbuslari orqali bizning qarashlarimizni faol qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholayman.”

“Bugun e’lon qilinayotgan ushbu ikki muhim tashabbus O‘zbekistonning raqamli kelajagiga bo‘lgan sadoqatimizni yaqqol namoyon etadi. Zamonaviy Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazimiz Beeline Uzbekistan’ning mijozlariga yuqori darajadagi tajribani ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. BuildX esa o‘zining sun’iy intellekt va raqamli yechimlari orqali O‘zbekiston va xalqaro bizneslar uchun insonlar hayotini yaxshilaydigan va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradigan yechimlarni taqdim etadi”, — dedi VEON Group bosh ijrochi direktori va Beeline Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzioglu. “Biz nafaqat mijozlarimiz va biznes hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashdan, balki ushbu va boshqa tashabbuslar orqali O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga oid strategik qarashlariga hissa qo‘shishdan ham mamnunmiz.”

VEON’ning sho‘ba korxonasi sifatida BuildX VEON Group, uning operatsion kompaniyalari hamda kengroq korporativ bozor uchun ilg‘or dasturiy ta’minot, raqamli platformalar va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqadi. Kompaniya mahalliy muhandislar va ma’lumotlar tahlilchilari¬ni jalb qilish va tayyorlash orqali jamoasini kengaytirishni rejalashtirmoqda hamda O‘zbekistonda yuqori malakali raqamli kadrlar salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. BuildX universitetlar, startaplar va texnologik hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda innovatsiyalarni rivojlantirish va mahalliy texnologik ekotizimni mustahkamlashni maqsad qilgan.

BuildX haqida

BuildX (MChJ «U-CODE») — BuildX brendi ostida dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya, Toshkentdagi IT Park rezidenti. Kompaniya raqamli va sun’iy intellekt bo‘yicha VEON ekspertizasidan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqadi.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin