Beeline Uzbekistan Opensignal tomonidan mamlakatning eng tezkor mobil interneti va eng barqaror tarmog‘i deb topildi
9 Sentyabr
Xabarlar
Opensignal mustaqil tahliliy kompaniyasi 2025-yilning birinchi yarmi natijalarini e’lon qildi: Beeline Uzbekistan mobil interneti eng tez va tarmoq sifati eng barqaror bo‘lgan raqamli operator deb topildi. Kompaniya ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi - "Yuklab olish tezligi tajribasi" (Download Speed Experience) va "Barqaror sifat" (Consistent Quality) shuningdek, "Yuklash tezligi" (Upload Speed) nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.
Telekommunikatsiya sohasi mutaxassislari tomonidan tadqiqotlari yuqori baholangan Opensignal kompaniyasi o‘ziga xos yondashuvdan foydalanadi: ma’lumotlar mashhur ilovalarga (ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar va x.k.) o‘rnatilgan SDK yordamida avtomatik tarzda to‘planadi, bu esa bunday ilovalarning foydalanuvchi harakatlari ta’sirini bartaraf etadi. Sinovlar 24/7 rejimida o‘tkaziladi va yuklab olish tezligidan tortib videostriming, ovozli qo‘ng‘iroqlar va mobil o‘yinlargacha bo‘lgan barcha onlayn ssenariylarni qamrab oladi. O‘zbekistonda har oyda millionlab o‘lchovlar, shu jumladan tarmoq qamrovi va signal sifatining fon ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
Opensignal’ning "O‘zbekiston: mintaqaviy pozitsiya va operator tajribasi — 2025-yil sentyabr" hisobotiga ko‘ra, Beeline Uzbekistan mamlakatdagi eng yuqori o‘rtacha yuklab olish tezligini ta’minlaydi — 20,2 Mbit/s.
Beeline Uzbekistan, shuningdek, mamlakatdagi eng barqaror tarmoqni taqdim etadi. Barqaror sifat ko‘rsatkichi o‘tkazuvchanlik qobiliyati, kechikish, tebranish, paket yo‘qotilishi va birinchi baytgacha bo‘lgan vaqt kabi asosiy parametrlar bo‘yicha foydalanuvchi tajribasini aks ettiradi.
Upload Speed Experience bo’yicha Beeline Uzbekistan O‘zbekistondagi yana ikkita yetakchi operator bilan birinchi o‘rinni egalladi, ularning barchasi 5,8-6,6 Mbit/s oralig‘ida statistik jihatdan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Ushbu ko‘rsatkichlar foydalanuvchilar uchun kundalik voqelikni aks ettiradi — yuklash va yuklab olish samaradorligidan tortib, aloqa sifati va video platformalar, onlayn o‘yinlar va videoqo‘ng‘iroqlar kabi talabchan ilovalardan qulay foydalanish qobiliyatigacha.
Opensignal bosh direktori Charlz Rutshteyn shunday dedi: "Beeline Uzbekistan’ning "Eng tezkor mobil tarmoq" va "Eng barqaror sifatli tarmoq" bo’yicha g‘alabasi O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun mobil tarmoq sifatini yaxshilashga bo‘lgan aniq intilishni ko‘rsatmoqda. Bu yutuq Opensignal mustaqil metodologiyasi bilan tasdiqlangan. Ularning sa’y-harakatlarini e’tirof etishdan mamnunmiz."
Opensignal Awards rasmiy taqdirlash marosimi 2025-yil 23-sentyabr kuni Toshkentda ICT Week Uzbekistan haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
"Ushbu nufuzli nominatsiyalardagi g‘alabalarimiz tarmoqni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli investitsiyalarning bevosita natijasidir. 2024-yil boshidan buyon Beeline Uzbekistan 5 850 dan ortiq baza stansiyalarini qurdi va yangiladi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab tezlik va barqarorlikni sezilarli darajada oshirdi. Bugungi kunda mijozlarimiz har qachongidan ham ko‘proq internetdan foydalanmoqdalar: 2025-yil iyul oyida har bir internet foydalanuvchisi uchun o‘rtacha oylik foydalanish hajmi 24 GB ga yetdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 52% ga ko‘pdir. Ushbu investitsiyalar bevosita xizmatlarimiz sifati va biz taqdim etadigan raqamli tajribani oshiradi," — dedi Beeline Uzbekistan kompaniyasining texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha bosh direktori Gediz Sezgin.
"Opensignal tadqiqotlari mobil internet sifati va tezligi bo‘yicha yetakchiligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Bizning maqsadimiz — Beeline Uzbekistan mamlakatdagi eng tezkor va izchil tarmoq bo‘lib qolishini ta’minlash, ish, muloqot va hordiq chiqarish uchun yangi imkoniyatlarni ochishdir. Bu yutuqlar infratuzilma va innovatsiyalarga sarmoya kiritish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyamiz natijasidir. Ishonchim komilki, tarmog‘imizning doimiy rivojlanishi mijozlarimizga raqamli dunyoda yanada ko‘proq erkinlik, ularga ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi," — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
________________________________________
Opensignal haqida
Opensignal — telekommunikatsiya sohasida keng hurmat qozongan, foydalanuvchining haqiqiy tajribasini o‘lchashda tan olingan jahon standarti bo‘lgan yetakchi mustaqil tahlil kompaniyasidir. 2010-yilda tashkil etilgan kompaniya AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Osiyoda shtab-kvartiralari va butun dunyo bo‘ylab ofislariga ega. Opensignal 120 dan ortiq operatorlarni qamrab olgan holda 60 dan ortiq mamlakatlardagi mobil aloqa tarmoqlari faoliyatini tahlil qiladi. Birgina 2024-yilda kompaniya mobil tarmoqlar, keng polosali aloqa samaradorligi va bozor tahlili bo‘yicha 225 dan ortiq hisobotlarni e’lon qildi.