Beeline Uzbekistan moslashuvchan to‘lov tizimini rivojlantirishga yordam beradi

Beeline Uzbekistan va IMAN elektron platformasi hamkorlik shartnomasini imzoladi. Big Data texnologiyalarini joriy etishda yetakchi bo‘lgan digital operator “Iman Pay” ilovasi foydalanuvchilari uchun kredit reytingini tekshirish va tasdiqlashda yordam beradi.

Ilovadan foydalanib, platforma foydalanuvchilari mahsulotlarning xaridini rasmiylashtirishlari va keyingi bir necha oy ichida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Aynan shu bosqichda “Beeline Uzbekistan” platformaga yordam beradi. Operator ega bo‘lgan Big Dataga asoslangan raqamli texnologiyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash imkonini beradi. Natijada, shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rasmiy yozma ruxsat bergan IMAN mijozlarini tekshirish jarayoni imkon qadar tez va xavfsiz tarzda amalga oshiriladi.

“Avvalo, biz mijozlarning xavfsizligi va hamkorning ishonchliligi haqida o‘yladik. “Beeline” mamlakat bozorida o‘n olti yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda, o‘z kelajagini O‘zbekistonda rivojlanishi bilan bog‘laydigan digital-innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi sifatida o‘zini namoyon qila oldi. Operatorning ommaviy fintex xizmatlarini amalga oshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lishi ham shu darajada muhimdir. Tez ma’lumotlar almashinuvi va foydalanuvchilarimizning to‘lov qobiliyatini masofaviy identifikatsiyalash va baholashning yuqori darajadagi aniqligi, shu jumladan “Beeline Big Data” xizmatlari yordamida bir necha daqiqada xaridlarni tasdiqlash va pul mablag‘larini olish imkonini beradi. Biz jarayonni avtomatlashtirishga muvaffaq bo‘ldik – ilovada ariza topshirishdan tortib, oila uchun zarur va muhim narsalarni IMAN Pay ilovasi yordamida xarid qilishgacha”, — deya voqeaga izoh berdi “Iman Pay” mahsulot menejeri Taslima Nuraxunova.

IMAN platformasi aholi uchun moliyaviy xizmatlarni ishlab chiqadi, masalan, tovarlarga to‘lovlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Platforma foydalanuvchilari zarur mahsulot va xizmatlar, jumladan, taʼlim va tibbiy xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlov summasini olishlari, soʻngra IMAN Pay ilovasi orqali ham pul oʻtkazishlari mumkin.

“Beeline Uzbekistan raqamli innovatsiyalar sohasida eng keng vakolatlarga ega. Mutaxassislarimiz tajribasi va raqamli xizmatlarning yuqori sifati bizga moliyaviy hamkorlarimizga ilova foydalanuvchisi uchun bo‘lib to‘lash rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda tez va avtomatik tarzda yordam berish imkonini beradi”, — dedi “Beeline Uzbekistan” korporativ savdolarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko.