Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Club: BeeCoin evaziga foizsiz o‘tkazmalar

Beeline Club: BeeCoin evaziga foizsiz o‘tkazmalar

14 Yanvar

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Endi “BeeCoin”larni foizsiz o‘tkazmalarga almashtirish mumkin!

Beeline Club sodiqlik dasturi ishtirokchilarga bonuslardan samarali foydalanish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. To‘plangan “BeeCoin”larni Beepul ilovasida kartadan kartaga foizsiz o‘tkazmalarga almashtirish mumkin.

Yangi xizmat yordamida o‘tkazmalar yana oson va manfaatli bo‘ladi — hech qanday komissiya! 
Ilovada o‘tkazish uchun mos limitni tanlash va kerakli miqdordagi “BeeCoin”ni to‘plash kifoya.

Yangi xizmatning afzalliklari:
• Qulay shartlarda foizsiz o‘tkazmalar;
• hambi va Beepul ilovalari orqali oson foydalanish;
• 2 va undan yuqori bosqichdagi ishtirokchilar uchun xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Yangi xizmat shartlari

1. Limitning amal qilish muddati
Olingan limitning amal qilish muddati xarid qilingan paytdan boshlab 30 kalendar kunni tashkil etadi. Agar joriy limit muddati tugamasdan yangi limit sotib olinsa, limitlar qo‘shiladi va amal qilish muddati yana 30 kunga uzaytiriladi.
(Ishlash tartibi internet-paketlarga o‘xshash.)

2. Foizsiz o‘tkazmalardan foydalanish
Foizsiz o‘tkazma paketi faqat shaxsiy akkauntingiz uchun mavjud.

3. Dastur limitlari va bosqichlari
“BeeCoin”larni foizsiz o‘tkazmalarga almashtirish quyidagi shartlarga muvofiq amalga oshiriladi:

• 1 mln so‘m — 5 000 BeeCoin evaziga (2-bosqichdan boshlab);
• 3 mln so‘m — 13 000 BeeCoin evaziga (3-bosqichdan boshlab);
• 5 mln so‘m — 20 000 BeeCoin evaziga (4-bosqichdan boshlab).

4. Paketlar soniga cheklov
Bir kalendar oy ichida foizsiz o‘tkazmalar limitining 10 paketidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotib olish mumkin.

5. Limitlardan foydalanish ustunligi
Agar joriy tarifda foizsiz limit mavjud bo‘lsa, u birinchi navbatda foydalaniladi. Qo‘shimcha almashtirilgan limit faqat tarif limitidan to‘liq foydalangandan so‘ng faollashadi..

6. Limitlarni qisman yechib olish
Agar o‘tkazma summasi mavjud limitdan oshsa, tizim avtomatik ravishda:

• Avval joriy tarif limitidan foydalanadi;
• So‘ng qolgan summani qo‘shimcha sotib olingan foizsiz limitdan yechib oladi.

Yangi xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
1. hambi ilovasini oching.
2. Mavjud takliflardan mos limitni tanlang.
3. To‘plangan “BeeCoin”larni foizsiz o‘tkazmalarga almashtiring.
4. Xizmatdan Beepul ilovasida foydalaning.

Beeline Club sodiqlikni haqiqatan ham manfaatli qiladi!

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin