Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturi – Beeline aloqa xizmatlarini tanlagan va eng muhimi – qadrdon insonlar bilan muloqotni bizga ishongan abonentlarga minnatdorchilik belgisidir!
Dasturga a’zo bo’lish uchun maxsus *777# bepul USSD-kodini terib faollashtirishingiz yoki Beeline Uzbekistan ilovasidagi tegishli tugmani bosish orqali yoki beeline.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak.
Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturiga nimalar kiradi:
► Beeline balansini to'ldirishda Beep to'plash.
► Beeplarni maxsus paketlar va xizmatlarga almashtirish imkoniyati.
► Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturidan foydalanish davomiyligiga qarab, turli darajadagi imtiyozlar – yangi sodiqlik dasturida qanchalik uzoq bo'lsangiz, shuncha ko'proq imtiyozlar ochiladi. Beeline faol abonenti bo'lib qoling va har 90 kunda avtomatik ravishda yangi bosqichga o'ting!
► Har bir yangi bosqich bilan O'zbekiston restoranlari va do'konlarida yanada ko'proq bonuslar, chegirmalar, keshbeklar, hamkorlardan eksklyuziv takliflar va chegirmalar!
Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo'ling va o'z olamingizni yanada yorqinroq qiling!
Avvalgi Beeline Club sodiqlik dasturining ishtirokchilari uchun:
- to'plangan ballar saqlanib qoladi va kuymaydi;
- to'plangan ballarni avvalgi dasturdagi xizmatlarga almashtirish imkoniyati saqlanib qolmoqda;
- Gold va Platinum bosqich abonentlari uchun Beeline qo'llab-quvvatlash markaziga tezkor bog’lanish imkoniyati saqlanib qoladi;
- aloqa xizmatlaridan foydalanganlik evaziga ballar taqdim etilishi 14 may 2020 yildan to’xtatiladi;
- 14 maydan Gold va Platinum kartalarining berilishi to’xtatiladi, avval berilgan bekor bo’ladi;
- *777# dasturga a’zo bo’lish kodi bo'yicha endi Beeline Club 2.0ning yangi dasturiga a'zo bo'lish mumkin.
Shu bilan birga, avvalgi dastur ishtirokchilari yangisiga a’zo bo’lishlari, o'z ballarini Beeplarga almashtirishlari hamda Beeline Club 2.0 dasturining barcha imtiyozlaridan bahramand bo'lishlari mumkin!