Yangilangan BeeFortunaEndi yanada ko‘proq baraban aylantirish imkoniyati va manfaatli bonuslar!
24 Iyul
Xabarlar
Beeline Uzbekistan ilovasida BeeFortuna yangilangani haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz.
Yangi “BeeFortuna”da baraban aylantirishlar soni cheklanmagan.
Mijoz barabanni dastlabki uch marta aylantirishda 30/50/100 MB internet, O‘zbekiston bo‘ylab SMS yoki daqiqalarni olishi mumkin.
Barabanni to‘rtinchi aylantirishdan boshlab mijozga quyidagi bonuslar tushishi mumkin:
- 100, 200, 300, 500 yoki 1000 MB internet;
- 100 daqiqa + 100 SMS, 300 daqiqa + 300 SMS, 500 daqiqa + 500 SMS;
- “Beeline TV”da Telekanallar, MEGOGO, START obunalari uchun promokodlar.
Yangi “BeeFortuna”ni sinab ko‘rishni istaysizmi? Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab oling yoki ilovani so‘nggi versiyasigacha yangilang. IOS uchun ilovaning oxirgi versiyasini yaqin orada yuklab olish mumkin bo'ladi.
Bonus daqiqa, SMS va MB paketlari taqdim qilingan kundan boshlab 7 kun davomida amal qiladi. Xuddi shu turdagi trafik qayta berilganda, trafiklar bir biri bilan qo‘shiladi.
“Beeline TV”da Telekanallar, MEGOGO, START obunalari uchun taqdim etilgan promokodlar faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun davomida bepul foydalanish imkoniyatini beradi. Bepul muddat tugagandan so‘ng, xizmat narxi pullik obuna shartlariga muvofiq bo‘ladi.
Barabanni dastlabki uch marta aylantirsh bepul, to‘rtinchi aylantirishdan boshlab 990 so‘mdan.
Barcha yangiliklarga qaytish