Barcha sport ishqibozlari uchun Multi tarif turkumida aksiya: Setanta Sports kuchi endi barcha MULTI tariflarida
25 Noyabr
Xabarlar
Setanta Sports kuchini ulash aksiyasi endi barcha MULTI KUCH tarif rejalarida mavjud ekanligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
MULTI KUCH tarif rejalari bilan sifatli sport kontenti yanada yaqinroq, yanada qulayroq, yanada arzonroq.
Shunchaki MULTI KUCH tariflaridan biriga ulaning, hambi ilovasiga kiring va Setanta Sports kuchini faollashtiring.
Kuchni ulash tarifga kiritilgan bo‘lib, hech qanday to‘lovni talab qilmaydi, shuningdek, trafikingizni sarflamaydi.
Setanta Sports kuchining ahamiyati:
• Ekskluziv kontent: butun dunyodagi eng yirik sport tadbirlarini, jumladan, Angliya Premer-ligasi, UFC, Formula 1, LaLiga, Bundesliga, Liga 1, Seriya A, NBA, NHL va boshqalarni tomosha qilish imkoniyati.
• Tanlov erkinligi: televizion dasturlarga bog’lanib qolmasdan turnirlarning istalgan o‘yinini sizga qulay bo’lgan vaqtda tomosha qiling.
• Yuqori sifatli translyatsiyalar: professional sharhlovchilar hamda yuqori sifatli video va ovoz sizga unutilmas tomosha taassurotini taqdim etadi.
• Kontentdan to‘liq foydalanish imkoniyati: o‘yin yozuvlari, sharhlar, intervyular va hujjatli filmlar barcha qurilmalaringizda - smartfon, planshet, kompyuter yoki “Smart TV”da mavjud bo‘ladi.
• Internet-trafik sarflamasdan tomosha qilish: trafik sarfi haqida qayg‘urmasdan sevimli sport tadbirlaridan bahramand bo‘ling.
Setanta Sports kuchini faollashtirish uchun hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasini yuklab oling yoki so‘nggi versiyasiga yangilang.
Aksiya 2025-yil 30-aprelgacha amal qiladi.
Batafsil ma’lumot uchun hambi ilovasiga o‘ting.