Ularsiz biznesimizni tasavvur qilishimiz qiyin — Beeline ayollari haqida 8 ta hikoya

🌺Bizning o‘lchov moslamalarimizga ko‘ra, ushbu suratlarda nafaqat bir dunyo go‘zallik — balki shu bilan birga misli ko‘rilmagan idrok, matonat va iste’dod ham mujassam

Bahor bayrami sharafiga, “erkaklarga xos kasb” degan stereotiplariga qaramay, har kuni mamlakat miqyosida sohaga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan latofatli ayollarimizni olqishlaymiz

Alina Axmedjanova

Mamlakatdagi har bir baza stansiyasi — uning arzandasi, axir u, qurilishdan boshlab, stansiyani efirga “uzatish”gacha dunyoga kelayotgan qurilmani har bir bosqichida nazorat qiladi. Ishonchimiz komil, u har bir baza stansiyasining nomini yoddan biladi hamda koordinatlarini ham eslay oladi.

Anna Djiyanova

Kompaniyaning barcha jarayonlari avtomatlashtirilgan va ular bir nechta dasturdan tashkil topgan virtual olamda mavjud. Ular Beeline ishlab chiqaruvchilari, jumladan Anna tomonidan barpo etilgan. Uning kundalik mahoratli boshqaruvi tufayli ushbu tizimlar biri biriga bog’liq tarzda uyg‘unlikda ishlaydi.

Yuliya Tyan

Yuliyani tanigan barcha u haqida “qat’iyatli va hayotga faol yondashuvga” ega ayol sifatida tanilgan. Chindan ham kun davomida sanog‘iga yetish qiyin bo‘lgan vazifalarni bajarishga ulguradi, “temir” bilan oson til topishadi hamda tarmog‘imizni muvaffaqiyatli modernizatsiyalash bilan shug‘ullanadi.

Yaqinda Yuliya TechWomen grantiga sazovor bo‘lib, STEM’da ayollarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha AQShga borib keldi.

Shaxnoza Xamitova

Chaqiruv signali, “Help Desk, Shaxnoza”, — Beeline xodimlarining har biriga tanish tovushlar kombinatsiyasi, uning ovozini eshitgan har bir inson qalbida iliqlikni his qila boshlaydi.

Ish jarayonlari bir soniyaga ham to‘xtab qolmasligi uchun g‘amxo‘r va shirinso‘z Shaxnoza tizimdagi yoki korporativ qurilmadagi nosozliklarni tezda bartaraf qiladi. Va albatta, hamma bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.

Kamila Erkinova

Ko‘rinishidan nozikkina bo‘lsa-da, Komila xakerlarning har qanday hujumini qaytaradi hamda har qanday murakkab masalalarni ishonchli hal qiladi. Tashkiliy tizimda o‘zgarishlar ro‘y berayotgan paytda, Komila deyarli bir yil davomida kompaniya kiberxavfsizligi uchun javob berdi — vazifani a’lo darajada uddaladi.

Nigora Xo‘jayeva

Nigora qaror qabul qilishda hammani maqsadga intiluvchanligi va qatʼiyati bilan hayratga soladi. U baza stansiyasini qurish uchun maydonlarni arendaga olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazib, mamlakatning istalgan nuqtasida mijozlar uchun aloqani yoʻlga qoʻyib beradi. Nigora kabi xodimlar sharafi bilan olisda joylashgan aholi punktlari hamda yetib borish qiyin boʻlgan lokatsiyalarda ham aloqa qamrovi paydo boʻladi.

Nafisa Sakayeva

Nafisaning hushyorligi va toʻliq konsentratsiyasi tufayli efirdagi hatto eng kichik buzilishlar ham nazardan chetda qolmaydi, har bir baza stansiyasining holati real vaqt rejimida nazorat ostida qoladi. Avariya holatlari yoki detallar buzilib qolganligi haqida ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib aniqlaydi va ko‘z ochib-yumguncha chora tariqasida nosozlikni bartaraf etish uchun brigadani yo‘llaydi. Nafisaning reaksiyasi tufayli aloqa shunchalar tez tiklanadiki, mijozlar buni hatto payqashga ulgurishmaydi.

Nigina Kurbanova

Texnologiyalar mijozlarimiz hayotining uzluksiz bir qismiga aylandi, aksariyati — Beeline Uzbeksitan ilovasining ishlab chiqaruvchilari jamoasidan Niginaning sharofati bilan. Har kuni u xizmatlarimizni oddiy va 24/7 foydalanishga imkon yaratib beradi, eng asosiysi — interfeysni takomillashtirish va foydalanuvchiga qulaylik yaratishda ishtirok etadi.