«Muddatli to‘lovga oltin raqam»
Xabarlar14 Fevral
2 min.

Hozir «Oltin raqam» ulab, uning narxini 12 oy mobaynida foizlarsiz va ustamalarsiz to‘lang.
100 000, 250 000, 500 000, 1 500 000, 10 000 000 (faqat XYZAAAA kombinatsiyasi) so‘mlik raqamlarni ulang. Raqamning to‘liq narxi ulangan vaqtidan boshlab12 oy mobaynida to‘lanadi.
Qo'shimcha ma'lumot
Abonent istalgan vaqtda xizmatning narxini (tanlangan raqam bahosini) muddatidan oldin to’liq qoplashi mumkin. Bunda to’lov miqdori o’tgan oylarda amalga oshirilgan to’lovlarni hisobga olgan holda xizmat narxining 100%ini tashkil qiladi.
Xizmatlar kunlik abonent to‘lovli tariflardan tashqari qolgan barcha tariflar uchun mavjud.
Beeline'ning barcha savdo nuqtalarida ulanish mumkin.
Xizmatlardan foydalanish davrida:
- Abonent o‘z tarifini jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lgan har qanday tarifga o‘zgartirishi mumkin;
- «Muddatli to‘lov» vaqtida raqamni bir nomdan ikkinchi nomga o‘tkazish, raqamni ketma-ketligini almashtirish va to‘lov tizimini o‘zgartirish mumkin emas;
- Xizmat haqi, Abonent har qanday blok holatida bo‘lgan taqdirda ham yechib olinadi;
- Mijoz 30 (o‘ttiz) kundan ortiq vaqt mobaynida balansni ijobiy holatigacha to‘ldirmasa, Kompaniya ushbu xizmatni taqdim etishni to‘xtatishi va raqamni qayta sotuvga chiqarish huquqiga ega.
| «Oltin raqam» narxi | To‘lov muddati | Oylik to‘lov summasi |
| 100 000 so‘m | 12 oy | 8 333 so‘m |
| 250 000 so‘m | 12 oy | 20 833 so‘m |
| 500 000 so‘m | 12 oy | 41 666 so‘m |
| 1 500 000 so‘m | 12 oy | 125 000 so‘m |
| 10 000 000 so‘m (faqat XYZAAAA) | 12 oy | 833 333 so‘m |

Ilovani ishlating
Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin




