“Beeline Uzbekistan” abonentlari Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berishdi

Raqamli operator 6-fevral kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisi uchun mablag‘ yig‘ish aksiyasini tashkil qildi. Kompaniyaning g‘amxo‘r abonentlari tomonidan o‘tkazilgan xayriya miqdori 145 million so‘mdan oshdi. Beeline uni ikki barobarga oshirdi – shu tariqa Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan ochilgan maxsus hisob raqamiga 290 060 000 so‘m tushdi.

Fevral oyi boshida yuz minglab turk fuqarolari qiyin ahvolga tushib qolishgan yoki butunlay boshpanasiz qolishgan. Dunyoning ko‘plab davlatlari jabrlanganlarga ko‘ngilli yordam ko‘rsatdi. O‘zbekistonda ham zilzila qurbonlarini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlar ko‘p bo‘ldi, shuning uchun “Beeline Uzbekistan” nafaqat mablag‘ yig‘ishni tashkillashtirdi, balki abonentlar yig‘gan mablag‘ni ikki baravarga oshirishga qaror qildi. Operator mijozi maxsus qisqa raqamga USSD so‘rov yuborib, o‘z balansidan avtomatik ravishda 10 000 so‘m o‘tkazdi. Agar kerak bo‘lsa, bunday USSD’larni bir nechta yuborilishi ham mumkin bo‘ldi.

Xayriya tadbiri davomida to‘plangan mablag‘ Turkiya Ichki ishlar vazirligining tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar departamentining rasmiy hisob raqamiga o‘tkazildi.