Yaqinlaringiz bilan daqiqa va megabaytlarni ulashing!

Yaqinlaringizda megabaytlar tugab qoldimi? Ular doim onlayn bo‘lishlari uchun o‘z megabaytlaringizni ular bilan ulashing.

«Muloqot ulashing» xizmati yangilanganligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

21-fevraldan endi ko‘proq daqiqalar va megabaytlarni arzonroq narxda yaqinlaringiz raqamiga o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu xizmat doirasida, mijoz, maxsus so‘rov yuborish orqali o‘z yaqinlari va tanishlaridan daqiqa va megabayt o‘tkazishini so‘rashi mumkin bo‘ladi.

«Muloqot ulashing»

O‘tkazma turi Trafik hajmi Narxi, so‘m Ulash usuli Ulash uchun minimal miqdor,
DAQ/MB 
Ulash uchun minimal miqdor, so‘m
O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar 200 1 000 Beeline Uzbekistan ilovasi orqali 210 1 250
1000 3 000 1010 3 250
Barcha yo‘nalishlarga MB 200 1 000 210 1 250
1000 3 000 1010 3 250

2023-yil 21-fevraldan tarmoq ichidagi daqiqalarni o‘tkazish imkoniyati to‘xtatiladi.
Daqiqa va megabaytlar faqat Beeline Uzbekistan ilovasi orqali o‘tkaziladi.
Xizmatning qolgan shartlari o‘zgartirilmaydi.

«Muloqot ulashing» xizmati doirasida daqiqa va MB uchun so‘rov 

Agar sizda daqiqalar yoki megabaytlar qolmagan bo‘lsa, endi ularni yaqinlaringiz va do‘stlaringizdan quyidagi kodlardan birini terish orqali so‘rashingiz mumkin:

So‘rov turi  So‘rov hajmi  So‘rov yuborish ketma-ketligi
O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar uchun so‘rov 200 *204*1*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami#
1000 *204*2*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami#
Barcha yo‘nalishlar uchun MB so‘rovi 200 *205*1*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami#
1000 *205*2*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami#

Ushbu imkoniyat A abonentiga B abonentidan O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar yoki barcha yo‘nalishlar uchun megabaytlar o‘tkazib berishini so‘rash imkonini beradi. B abonenti o‘tkazish so‘rovini qabul qiladi va rozi bo‘lgan taqdirda, A abonentga so‘ralgan daqiqalar yoki MB miqdorini o‘tkazadi. O‘tkazma narxi trafik yuboruvchi tomonidan to‘lanadi

Abonent bir kunda 5 ta so‘rov yuborishi mumkin. 5-so‘rov yuborilishi bilan kun oxirigacha so‘rov yuborish imkoni bo‘lmaydi.

Har bir so‘rov narxi – 0 so‘m.