Hurmatli abonentlar!

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Beepul Lite to’lov servisida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yil 08-fevral kuni, soat 23:00 dan 2023-yil 9-fevral kuni soat 01:00 gacha servisning ishlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar/ kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so’raymiz.