Hurmatli mijozlar!

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2023-yil 10-mart kuni, soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifatining yomonlashishi kutilmoqda, Samarqand shahri va Samarqand viloyati, Jizzax shahri va Jizzax viloyati  «Unitel» mijozlarida 1 soatgacha mobil internet xizmatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.