Hurmatli mijozlar!

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki,  Beeline Uzbekistan ilovasida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yil 17-mart kuni, soat 01:30 dan 02:30 gacha servis bo’yicha taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining qisqa muddatli yomonlashishi kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so’raymiz.