
5-dekabrdan 2023-yilning 15-yanvarigacha har kuni sovg‘alar va maxsus takliflarga ega bo‘ling – bonusli daqiqalar va gigabaytlar, Beeline TV uchun promokodlar, 60% chegirmali internet-paketlar va boshqalar.
Syurprizlarni yangi yil qutichalarini ochish orqali mustaqil tanlaysiz. Yarmarka doirasida siz uchun har kuni uchta syurpriz tayyorlangan bo‘lib, ular quticha tanlangan kunning oxirigacha (23:59 gacha) faollashtirilishi mumkin.
Yangi yil yarmarkasi Beepul to‘lov ilovasida ham bo‘lib o‘tadi. Bu yerda mijozlar mashhur o‘yinlar – PUBG MOBILE, FreeFire, Mobile Legends kalitlari uchun chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin, shuningdek, YouTube uchun paketlar.
Bu hali hammasi emas! 10-dekabrdan Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ham yarmarka boshlanadi. Maxsus taklifni kutib qoling!
Sizni nima kutmoqda?
Yangi yil yarmarkasi takliflari:
❄️ «Mobile router ZTE MF 971L» modelli Mi-Fi routeri
❄️ Brend suvenirlari
❄️ Bonus 2 023 MB
❄️ Bonus 2 023 daqiqa
❄️ Bonus 2 023 SMS
❄️ Beeline TV ilovasida Megogo (kino va seriallar) uchun 30 kunlik promokod
❄️ Beeline TV ilovasida Setanta Sports (sport efirlari) uchun 14 kunlik promokod
❄️ 60% chegirmali oylik internet-paketlar
❄️ Maxsus oylik internet-paketlar:
1 TB (1 024 GB) – 150 000 so‘m
150 GB Telegram, WhatsApp, Viber uchun – 30 000 so‘m
150 GB Instagram, FB, OK uchun – 30 000 so‘m
5 GB YouTube uchun – 8 000 so‘m
10 GB YouTube uchun – 15 000 so‘m
30 GB YouTube uchun – 20 000 so‘m
100 GB YouTube uchun – 30 000 so‘m
10 GB PUBG MOBILE uchun – 10 000 so‘m
❄️ 40 GB – 30 000 so‘m evaziga 7 kunga.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab yoki yangilab olib yangi yil qutichalarining ustiga bosing.
Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olish uchun telefoningizdan *1# ni tering yoki havola orqali o‘ting:
Bu qanday ishlaydi?
Har kuni Beeline Uzbekistan ilovasida 9 dona yopiq yangi yil qutichasi taqdim etiladi.
1 kunda ochilishi mumkin bo‘lgan qutichalar soni – 3 dona.
Bonuslar va paketlar ular tanlangan har kunning oxirigacha (23:59 gacha) faollashtirilishi mumkin.
Beeline TV ilovasidagi bepul obuna uchun promokodlar 2023-yil 31-yanvargacha faollashtirilishi mumkin.
Sizda ilovaning oxirgi versiyasi ekanligiga ishonch hosil qiling.
SIM-karta va Mi-Fi router to‘plamini xarid qilgan mijozlarni Beeline Uzbekistan ilovasida bonus kutmoqda – barcha yo‘nalishlar uchun 10 GB. Yangi yilda Beeline siz bilan!
Bilish muhim
❄️ Yangi yil yarmarkasi oldindan to‘lov tizimi mijozlari uchun amal qiladi.
❄️ Bonuslar va paketlar faqat Beeline Uzbekistan ilovasi orqali ulanishi mumkin, USSD kod yoki boshqa yo‘l orqali ulash imkoni mavjud emas.
❄️ 1 TB (1 024 GB) paketi bo‘yicha trafik boshqa paketlarga qo‘shilmaydi va amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
❄️ 10 GB bonusi faqat aksiya o‘tkazilish davrida «Router» tarifidagi SIM-kartaga ega Mi-Fi router xarid qilgan mijozlarga taqdim etiladi. Bir dona abonent raqami uchun mo‘ljallangan bonuslar soni –1 dona. Bonusli GB ning amal qilish muddati – 30 kun. Trafikning amal qilish muddati tugashi bilan foydalanilmagan qoldiq kuyadi.
❄️ 1 kunda ochilishi mumkin bo‘lgan qutichalarning maksimal soni – 3 dona.
❄️ Har kuni 00:00 da bonus va paketlar ro‘yxati yangilanadi hamda yangilari ochilishi mumkin bo‘ladi. Avvalgilarini faollashtirish imkoni esa bo‘lmaydi.
❄️ «Yangi yil yarmarkasi» akciyasida routerlar va brend suvenirlari abonent raqami rasmiylashtirilgan shaxsga savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida taqdim etiladi. Routerlar 2023 yil 31-yanvarigacha, brend suvenirlari 2022 yil 15-dekabrdan 2023 yil 31-yanvarigacha taqdim etiladi.
Qoldiq qanday tekshiriladi?
Oylik internet-paketlar va 10 GB bonus – *103#
YouTube, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va 40 GB internet-paketlari – *120#
1 TB (1 024 GB) va PUBG uchun internet-paketlar –*125#
Bonus 2 023 MB – *108#
Bonus 2 023 daqiqa va SMS – *107#
Qo‘shimcha ma’lumot
• Chegirmali oylik internet-paketlar «Bolajon», «ProInternet 1 GB», «ProInternet 3 GB» tariflaridan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tariflarida amal qiladi.
• 1 TB (1 024 GB), YouTube, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, 40 GB va PUBG uchun internet-paketlar «Bolajon», tarifidan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tariflarida amal qiladi.
• Bonus 2 023 MB «Welcome», «Bolajon», «G‘alaba!» tariflaridan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tariflarida amal qiladi.
• Bonus 2 023 SMS «G‘alaba!» tarifidan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tariflarida amal qiladi.