«Bonus 50» Bugun, ertaga va hamisha!

«Beepul» to’lov tizimi orqali har safar hisobingizni 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to’ldirganingizda  bonuslarga ega bo’lasiz – tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS, hamda 50 MB trafik.

Ilovani yuklab olish:

– Android va iOs smartfonlar uchun *2#  tering yoki yuklab oling:

 

Android – serveridan yuklab olish apk.

Bu bonus barcha prepaid abonentlari uchun amal qiladi.

Siz balansingizga to’ldirgan mablag’ni barcha aloqa xizmatlariga sarflashingiz mumkin.

Bonus daqiqalari, SMS va MB lar miqdorini *107#   buyrug’ini terib tekshirish mumkin.

Siz bonusli daqiqalar SMS va MB lardan faqat faol balans chog’idagina foydalanishingiz mumkin. 7 kun o’tishi bilan sarflanmagan bonuslar nolga tenglashtiriladi.

7 kun o’tgunga qadar hisob takroran to’ldirilgan chog’da bonuslar jamlanadi.

Agar sizda bir vaqtning o’zida tekin daqiqalar, SMS yoki MB larga ega qo’shimcha xizmatlar yoki paketlar ulangan bo’lsa, unday holda dastlab boshqa xizmatlar yoki paketlar bo’yicha, so’ngra esa «Bonus 50» xizmati bo’yicha bonuslar sarflanadi. Shuningdek, ayrim tariflarga ham sarf «Bonus 50» xizmati bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

Bir kunda ko’pi bilan 5 martagacha bonus olish mumkin.

«Internet-paket» mavjud bo’lgan chog’da «Bonus 50» dan bonusli MB lar MB paketiga jamlanadi, jamlangan paketlar muddati esa, agar ilgari xarid qilingan internet-paket muddati tugashiga 7 kundan kam vaqt qolgan bo’lsa, bonus olingan kundan boshlab 7 kunga uzaytiriladi. Agar bonusni qabul qilish chog’ida ilgari xarid qilingan internet-paket muddati 7 kundan ortiq bo’lsa, unda jamlangan MB larning amal qilish muddati internet-paketning amal qilish muddatiga muvofiq bo’ladi.

Agar «Bonus 50» dan bonuslar mavjud bo’lgan chog’da internet-paket xarid qilinsa, unda bonuslar jamlanadi va amal qilish muddati xarid qilingan internet-paketga muvofiq o’zgaradi.

«Beepul» to’lov tizimi foydalanuvchilariga Beeline O’zbekiston xizmatlariga to’langan har bir 1000 so’m uchun 1 «Beep» taqdim qilinadi;

Beeline O’zbekiston xizmatlaridan boshqa barcha xizmatlarga to’langan har bir 2000 so’m uchun 1 «Beep» taqdim   qilinadi;

«Beepul» orqali to’lovni amalga oshirilganda «BEEP» ko’rinishidagi bonus sifatida yig’ilib boriladi;

«Beepul» ilovasi orqali kartadan kartaga mablag’ o’tkazilganda har 30000 so’m evaziga 1 « BEEP » taqdim qilinadi;

Abonent to’plagan «BEEP» larni 90 kundan ortiq foydalanmasa yoki to’planadigan hisoblagich faol holatda bo’lmasa, Kompaniya «BEEP» larni bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi;

Xizmat «Click+», «Mi-Fi Click», «Bolajon», «Shifokor» tarif rejalari va «ProInternet» turkumidagi tariflarida amal qilmaydi;

Hisob (akkaunt)ni o’chirishda to’plangan «BEEP» lar yo’qoladi.

BEEP sodiqlik dasturi, endi doimiy ravishda amalda bo’ladi.