Bosh sahifa/Aksiyalar arxivi/Internet yoningizda bo'lsin!

Internet yoningizda bo'lsin!

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Komplektga kiritilgan: 

• «Mobile router ZTE MF 971L» modelli Mi-Fi routeri 
• «Router» tarifiga ulangan SIM-karta Mi-Fi routerni narxi - 600 000 so'm. «Router» tarif rejasining abonent to'lovi - 50 000 so'm. 

Komplektni Beeline savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida xarid qilishingiz mumkin. 

«Router» tarif rejasi parametrlari: 

Oylik abonent to‘lovi - 50 000 so‘m/oy 
Barcha yo‘nalishlar uchun GB - 20 GB/oy 
Tungi 01:00 dan tongi 08:00 gacha tungi cheksiz internet 
O‘zbekiston bo‘yicha SMS - 1 000 SMS/oy

«Router» tarifida ovozli aloqa xizmati, shuningdek, daqiqa trafikini o‘z ichiga oluvchi paketlar va xizmatlar, bundan tashqari: konferens-aloqa; qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish; xalqaro aloqadan foydalanish; qo‘ng‘iroqni kutish; «Bonus 50» va «DO IT» xizmatlari amal qilmaydi. 

Kiritilgan trafik tugagach: 

1 MB narxi - 10 so‘m O‘zbekiston bo‘ylab 
1 SMS narxi - 100 so‘m 
1 xalqaro SMS narxi - 500 so‘m 

Texnik xususiyatlari: 

Hajmi - 109x65x14 mm 
Og‘irligi - 101 gr 
Ulanishi mumkin bo‘lgan operatsion tizimlar - Windows (XP, Vista, Win7, Win8/8.1), Mac 
Olinmaydigan batareya 2000 mAh, 
Ishlash vaqti 7 soatgacha 
Micro-Sim Tugmalar: Yoqish/o‘chirish, WPS, Qayta yuklash (Reset) 

Qo‘llanuvchi chastotalar: 

4G - FDD B1/2/3/4/5(26)/7/8/20/28(17&12)/32 TDD B38/B40/B41(2555-2655) 
3G - UMTS B1/2/4/5/8 
2G - GSM Quad Band 

Wi-Fi: 

802.11 b/g/n/ac, 2.4GHz, 5GHz 

Ulanishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilar soni - 32 

Qo‘shimcha ma‘lumot: 

• Mi-Fi routerlar faqat Beeline Uzbekistan SIM-kartasi bilan ishlaydi. Komplektda USB kabel (MicroUSB), foydalanuvchi yo‘riqnomasi va kafolat taloni bor. 
• «Router» tarifidagi SIM-karta va Mi-Fi router qurilmasi bir-biridan aloxida sotilmaydi. «Router» tarifiga o‘tish imkoni mavjud emas. «Router» tarifi o‘zgartirilsa unga qaytish imkoni bo‘lmaydi. 
• Oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi to‘lanishi kerak bo‘lgan sanada tizim oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun hisobda yetarli mablag‘ borligini tekshiradi. Agarda abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi, shuningdek tarif bo‘yicha tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi va tarif bo‘yicha belgilangan trafik va tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etilmaydi. Ushbu holatda kechayu kunduz aloqa xizmatlari uchun to‘lov tarif reja shartlariga asosan narxlanadi. Bir oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi. 
• Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining bir xil sanasida amalga oshiriladi. 
• Tarifda belgilangan oylik trafik qoldigʻi amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qoʻshilmaydi. 
• Tarifga kiritilgan tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati faqat oylik abonent toʻlovi yechilganda taqdim etiladi. 
• Tarifda «Perezagruzka» xizmatining narxi - 0 soʻm. «Perezagruzka» xizmati abonent toʻlovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar va smslar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan soʻng bekor boʻladi. «Perezagruzka» xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirgandan soʻng, oylik abonent toʻlovi yechilishining navbatdagi sanasi 1 oyga suriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobda tarif reja narxiga yetarli mablagʻ boʻlishi talab etiladi. 
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablagʻlarini zaxiraga olib qoʻyadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi. 
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. Beeline Uzbekistan ilovasini o'rnatish uchun telefondan *1# ni tering. 

Qanday qilib Multiakkaunt qo'shish mumkin?

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin