Bosh sahifa/Aksiyalar/Internet yoningizda bo’lsin!

Internet yoningizda bo’lsin!

10 May

Aksiyalar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Komplektga kiritilgan:
• «Mobile router ZTE MF 971L» modelli Mi-Fi routeri
• «Router 2023» tarifiga ulangan SIM-karta
• 3 oy davomida 1 TB (1024 GB) dan internet trafik

Mi-Fi routerni narxi – 600 000 so’m.

Komplektni Beeline savdo ofislarida xarid qilishingiz mumkin.

«Router 2023» tarif rejasi parametrlari:
Chegirmali oylik abonent to‘lovi¹— 0 so‘m.
Oylik abonent to‘lovi² — 50 000 so‘m/oy.
Barcha yo‘nalishlar uchun GB – 30 GB/oy.
Tungi 01:00 dan tongi 08:00 gacha tungi cheksiz internet.
O‘zbekiston bo‘yicha SMS – 1 000 SMS/oy.

¹Chegirmali oylik abonent toʻlovi har qanday sharoitda faqat yangi ulanish uchun dastlabki 3 ta toʻlovga amal qiladi – bu abonent toʻlovini yechib olinishi va raqamni maʼmuriy blokdan chiqarish.
²4-to‘lovdan boshlab amal qiluvchi oylik abonent to‘lovi.

«Router 2023» tarifida ovozli aloqa xizmati, shuningdek, daqiqa trafikini o‘z ichiga oluvchi paketlar va xizmatlar, bundan tashqari: konferens-aloqa, qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish, xalqaro aloqadan foydalanish, qo‘ng‘iroqni kutish, «Perezagruzka», «Bonus 50» va «DO IT» xizmatlari amal qilmaydi.

Kiritilgan trafik tugagach:
1 MB narxi – 1/10 so‘m*
O‘zbekiston bo‘ylab 1 SMS narxi – 125 so‘m
1 xalqaro SMS narxi – 500 so‘m

*Oylik abonent toʻlovi toʻlanganida, belgilangan limitdan oshiq sarflangan har bir MB 1 soʻmdan narxlanadi. Agar oylik abonent to‘lovi to‘lanmagan bo‘lsa, 1 MB 10 so‘mdan narxlanadi.

Texnik xususiyatlari:
Hajmi – 109x65x14 mm
Og‘irligi – 101 gr
Ulanishi mumkin bo‘lgan operatsion tizimlar – Windows (XP, Vista, Win7, Win8/8.1), Mac
Olinmaydigan batareya 2000 mAh, Ishlash vaqti 7 soatgacha
Micro-Sim
Tugmalar: Yoqish/o‘chirish, WPS, Qayta yuklash (Reset)

Qo‘llanuvchi chastotalar:
4G – FDD B1/2/3/4/5(26)/7/8/20/28(17&12)/32
TDD B38/B40/B41(2555-2655)
3G – UMTS B1/2/4/5/8
2G – GSM Quad Band

Wi-Fi:
802.11 b/g/n/ac, 2.4GHz, 5GHz
Ulanishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilar soni – 32

Qo‘shimcha ma‘lumot:
• Mi-Fi routerlar faqat Beeline Uzbekistan SIM-kartasi bilan ishlaydi. Komplektda USB kabel (MicroUSB), foydalanuvchi yo‘riqnomasi va kafolat taloni bor.
• «Router 2023» tarifidagi SIM-karta va Mi-Fi router qurilmasi bir-biridan aloxida sotilmaydi.
• «Router 2023» tarifiga o‘tish imkoni mavjud emas. «Router 2023» tarifi o‘zgartirilsa unga qaytish imkoni bo‘lmaydi.
• Istalgan boshqa tarifga o‘tilganda oylik abonent to‘lovi uchun chegirma hamda 1 TB trafik takroran taqdim etilmaydi.
• Oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi to‘lanishi kerak bo‘lgan sanada tizim oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun hisobda yetarli mablag‘ borligini tekshiradi. Agarda abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi, shuningdek tarif bo‘yicha tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi va tarif bo‘yicha belgilangan trafik va tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etilmaydi. Ushbu holatda kechayu kunduz aloqa xizmatlari uchun to‘lov tarif reja shartlariga asosan narxlanadi. Bir oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining bir xil sanasida amalga oshiriladi.
• Tarifda belgilangan oylik trafik qoldigʻi amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qoʻshilmaydi.
• Tarifga kiritilgan tungi cheksiz internetdan foydalanish imkoniyati faqat oylik abonent toʻlovi yechilganda taqdim etiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishiga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng abonent hisobida mablag‘ bo‘lsayu, ammo u abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa, hisobdan mablag‘ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Tarifda «Perezagruzka» xizmati mavjud emas.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablagʻlarini zaxiraga olib qoʻyadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

"Hambi" (Beeline Uzbekistan) ilovasini o’rnatish uchun telefondan *1# ni tering.

Qanday qilib Multiakkaunt qo’shish mumkin?

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin