
«Beeline»dan yangi «MEGA SPORT» aksiyasi!
2022-yil 10-oktabrdan 27-noyabrga qadar Beeline aksiyasida ishtirok eting va ajoyib sovg’alarni qo’lga kiriting – «Formula-1»ga, Yevropadagi futbol o’yinlariga ikki kishilik sayohatlar, shuningdek, sport velosipedlari, elektrosamokatlar va soatlar!
Sovrinlar oʻyini har chorshanba kuni, 19-oktabrdan boshlab Beeline TV ilovasida, Instagram, Facebook va YouTube'dagi Beeline Uzbekistan sahifalarida jonli efirda oʻtkaziladi.
Aksiyada qanday ishtirok etiladi?
- Beeline abonenti bo’lsangiz, har 30 000 so’mlik bir martalik to’lov uchun 1 imkoniyat beriladi. Agar Beepul ilovasi orqali 30 000 so’m to’lansa, sizga 2 imkoniyat beriladi.
- Agar Beeline abonenti bo'lmasangiz, unda «Beeline»ga ulaning va aksiyada ishtirok eting.
- «Beeline Sport» tarifiga ulanilsa yoki o'tkazilsa 2 imkoniyat beriladi.
Men ko'proq imkoniyatlarni xohlayman!
Bundan tashqari, Beeline Uzbekistan ilovasida «Omad Charxpalagi»ni aylantirib, o’z imkoniyatingiz sonini oshirishingiz mumkin. Bir aylatirish uchun siz 1 tadan 3 tagacha imkoniyat olishingiz mumkin.
«Omad Charxpalagi»ni aylantirish bepul, ammo undan foydalanish uchun siz o’sha kuni balansingizni 30 000 so’m va undan ko’p mablag’ bilan to’ldirgan bo’lishingiz lozim.
Kuniga maksimal aylantirishlar soni - 1 marta.
Qo’lga kiritilgan imkoniyatlar sonini Beeline Uzbekistan ilovasida tekshirish mumkin.
Agar siz avvaldan Beeline Uzbekistan ilovaning foydalanuvchisi bo'lsangiz, u holda «Omad Charxpalagi»ni aylantirish uchun avval sizda ilovaning oxirgi versiyasi ekanligiga ishonch hosil qiling.
Beeline tarmog'iga ulanganda Abonent raqami o'zgartirilsa, u holda «Omad Charxpalagi»ni aylantirish imkoniyati bo'lmaydi. «Omad Charxpalagi»ni aylantirish imkoniyati faqatgina raqam o'zgartirilgan kundan keyingi kunda yangi raqamning hisobi 30 000 so'm va undan yuqori summaga to'ldirilganda paydo bo'ladi.
Bu hali hammasi emas!
Agar raqamingizning oxirgi sonlari asosiy sovrinlarni yutib olgan g’oliblarning raqamlariga mos kelsa, u holda quyidagi internet-paketlar taqdim etiladi:
- raqamning oxirgi 4 ta soni mos kelsa - Facebook, Instagram va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari uchun yillik internet-paketi;
- raqamning oxirgi 5 ta soni mos kelsa – YouTube uchun yillik Internet- paketi;
- raqamning oxirgi 6 ta soni mos kelsa – hammasi uchun yillik Internet- paketi.
12 oy davomida har oy 100 GB trafik taqdim etiladi.
Hisobni to'ldirish | Ulanish | |
![]() | ![]() | ![]() |
Beepul | Ofis manzillari | Buyurtma qilish |
Sovrinlarni olish shartlari va tartibi
Aksiyaning sovrin jamg’armasi:
• Futbol turiga sayohat uchun ikki kishilik sertifikatlar
• «Formula-1» turiga sayohat uchun ikki kishilik sertifikatlar
• Sport soatlari
• Sport velosipedlari
• Sport elektrosamokatlari
Efirlar sanasi | Davr ishtirokchilari | |
19.10.2022 | 10.10. – 16.10.2022 | |
26.10.2022 | 17.10. – 23.10.2022 | |
02.11.2022 | 24.10. – 30.10.2022 | |
09.11.2022 | 31.10. – 06.11.2022 | |
16.11.2022 | 07.11. – 13.11.2022 | |
23.11.2022 | 14.11. – 20.11.2022 | |
30.11.2022 | 21.11. – 27.11.2022 |
Futbol yoki «Formula-1»ga ikki kishilik sayohat sovrini egasi barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgan va imzolagan holda sertifikatdan (turoperator xizmatlaridan) 2023-yil 30-iyungacha foydalanishi mumkin. Sertifikat quyidagilarni o’z ichiga oladi: ikki tomonga avia-chipta, mamlakatda bo’lgan vaqtingizdagi mehmonxonada turar joy (nonushta bilan), aeroport-mehmonxona-aeroport transferi, 1 ta sport tadbirida qatnashish, tibbiy sug’urta, viza xarajatlari.
Agar g'olib Toshkent shahrida yashamasa, Kompaniya aksiya g'olibining Toshkentga sayohati, uning mehmonxonada joylashishi va ovqatlanishi, shuningdek, sayohat bilan bog'liq boshqa barcha xarajatlarni to'lamaydi.
Sovrinni olish uchun asl nusxasi taqdim etishi kerak bo’lgan hujjatlar:
• G’olibning pasporti yoki ID-kartasi
• Agar g’olib bo’lgan shaxs STIRga ega bo’lsa, unda STIR berilganlik to’g’risida guvohnoma.
• Soliq qo’mitasi ma’lumotlar bazasida JShShIR raqami bo’lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limidan JShShIR ni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma. • G’olib chet el fuqarosi bo’lsa, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan rezidentlik haqidagi sertifikat. Agar G’olib biron bir sababga ko’ra sovrin taqdim etish marosimida shaxsan qatnasha olmasa, u holda g’olib tegishli ishonchnoma orqali boshqa jismoniy shaxsni o’zini ishonchli vakili etib belgilashi mumkin.
Bu holda ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• Ishonchli vakil pasporti yoki ID-kartasi.
• G’olib pasportining yoki ID-kartaning nusxasi.
• Sovrinni olish bilan bog’liq hujjatlarni imzolash huquqini beruvchi notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
• Agar g’olib bo’lgan shaxs STIRga ega bo’lsa, unda STIR berilganlik to’g’risida guvohnoma.
• Soliq qo’mitasi ma’lumotlar bazasida JShShIR raqami bo’lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limidan JShShIR ni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma. • G’olib chet el fuqarosi bo’lsa, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan rezidentlik haqidagi sertifikat. Hujjatlar g’oliblar e’lon qilingan kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay topshirilishi zarur. Sovrin faqat jonli efir vaqtida Aksiya g’olibi bo’lgan Abonent raqami ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxsga beriladi. G’olib, Abonent raqami rasmiylashtiriligan jismoniy shaxs, yutug’ini notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga o’tkazish huquqiga ega va uchinchi shaxs yutuqni rasmiylashtirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega bo’lishi lozim. Sovrin jamg’armasi aksiya ishtirokchilarining to’g’ridan-to’g’ri pul badallari hisobidan shakllantirilmagan.
Aksiyada ishtirok etgan holda, ishtirokchi:
• ushbu Qoidalar bilan to’liq tanishib, ular bilan roziligini tasdiqlaydi;
• to’g’ridan-to’g’ri efir vaqtida o’zining to’liq ismi-sharifi, Abonent raqamini ommaviy e’lon qilinishiga roziligini tasdiqlaydi;
• foto-video suratga olishda ishtirok etishga va G’olibning suratini ijtimoiy tarmoqlarda keyinchalik e’lon qilish va tarqatishda roziligini tasdiqlaydi;
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi. Agar Beeline Abonentining raqami o'zgartirilsa, u holda imkoniyatlar kuyadi.
Yillik internet-paketlar shartlari
Abonent raqamining sonlari asosiy sovrin egalarining raqamiga mos keladigan ishtirokchilarga aksiya doirasida taqdim etiladigan Internet-paketlar. Trafik qoldig‘ini tekshirish: *125# • Trafik har oy ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha 12 oy davomida taqdim etiladi. • Agar paket bo'yicha GB oyning oxirgi kalendar kunida taqdim etilgan bo'lsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, u holda kunlar sonidan qat?i nazar, keyingi GB taqdim etilish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Barcha keyingi GB taqdim etilish kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Paketlar bo'yicha trafik qo'shilmaydi va muddati uzaytirilmaydi.
• Agar sizda boshqa paketlar uchun trafik bor bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlar va YouTube uchun berilgan Internet-paketlarlar quyidagi paketlar tugaganidan keyin sarflanadi: Welcome bonus, 4G paketlari, "Tungi 150 GB internet-paketi" va "Internet-paket 150 GB", "Juma takliflari" aksiyasi doirasida berilgan trafik.
• Agar sizda boshqa paketlar uchun trafik bor bo'lsa, barcha yo'nalishlarga berilgan 100 GB Internet-paket quyidagi paketlar tugaganidan keyin sarflanadi: Welcome bonus, "Juma takliflari" aksiyasi bo'yicha internet-paketlar, 4G paketlari, "Kun 10 MB", "Kun 20 MB", "Kun 30 MB", ijtimoiy tarmoqlar va messenjer paketlari, shuningdek, YouTube, IMO, "Plus" to'plamlari va "Qadamlar uchun Giglar" paketlari.
• Aksiya bo'yicha bir xil turdagi ikki yoki undan ortiq paketlarni bir vaqtda ulash mumkin emas.
• «Bolajon» tarif rejasida paketlar bo'yicha GB sarflash imkoniyati yo'q
• Internet-paketlar O'zbekiston Respublikasi hududida «Welcome» tarifidan tashqari, haqi oldindan to'lanuvchi to'lov tizimli barcha tariflarda amal qiladi.
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda Facebook, Instagram va YouTube uchun bo‘lgan MB sarflanmaydi.
• Facebook, Instagram va YouTube uchun bo‘lgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek Facebook, Instagram va YouTube ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartiga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi (ushbu kategiriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (2 MBdan kam, YouTube uchun 5MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.