Bosh sahifa/Aksiyalar/Qurbon Hayiti uchun bayramona aksiya

Qurbon Hayiti uchun bayramona aksiya

5 Iyun

Aksiyalar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Qurbon Hayiti bayramiga Beeline Uzbekistan cheksiz internetni sovg'a qiladi!

Cheksiz internet sovg'asini hambi ilovasida ulanib olishingiz mumkin.

Aksiya 2025-yil 6-iyundan 8-iyungacha amal qiladi.

Cheksiz internetga ulanish uchun:
1. Hambi ilovasini yuklab oling yoki so‘nggi versiyasigacha yangilang.
2. Ilovaga kirib, “Qurbon Hayiti” bannerini bosing.
3. Sovg'ani faollashtiring.

Sizning tanlovingiz va ishonchingiz uchun minnatdormiz! Sizga sog‘liq, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz!

Qo‘shimcha ma’lumot
- Cheksiz internet sovg'asi 2025-yil 6-iyundan 8-iyungacha oldindan to‘lov tizimidagi abonentlar uchun amal qiladi.
- Cheksiz internetni hambi ilovasida hisob ijobiy bo'lgan holatda faollashtirish mumkin.
- Cheksiz internetni aksiya davrida faqat bir marta faollashtirish mumkin.
- Taqdim etilgan cheksiz internet 2025-yil 8-iyun soat 23:59 gacha amal qiladi va uning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
- Internetdan foydalanish uchun hisobingiz ijobiy holatda bo'lishi kerak.
- Сheksiz internet ulanganini tekshirish kodi: *117#.
- Juma takliflari, 4G paketlari, 4G bonuslari, tungi cheksiz internet, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun cheksiz internet paketlari, “Ishonchli MB” hamda “Kun” kunlik paketlari bo‘yicha trafik Qurbon Hayit aksiyasi doirasidagi cheksiz internetdan avval sarflanadi.
- Quyidagi tarif rejalari uchun ushbu aksiya amal qilmaydi:
“Bolalar”, “BeeHome 10”, “BeeHome 20”, “Router”, “Router 2023”, “Welcome 1”, “Hello 1”, “Hello 2”, “Terminal”, “Tuner”, “Electronics”, “Oddiy Start”, “Oddiy Max”, “Oddiy Ultra”.
- “OILA” tarif rejasida cheksiz internetga faqat tarifda abonent to‘lovini to‘laydigan asosiy raqam ulanishi mumkin. Cheksiz internet faqatgina ushbu raqam internetdan foydalangandagina amal qiladi.
- “OILA” tarifida a’zo bo'lgan boshqa raqamlar (“Oddiy” tarifida) internetdan foydalanganda, ular asosiy bo'lgan raqamning tarif rejasida taqdim etiladigan limitlarni sarflashadi, biroq uning bayram uchun taqdim etilgan cheksiz internetidan foydalana olmaydi.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin