E’tibor bering!
• 1 TB (1 024 GB) va 150 GB barchaga paketlari bo‘yicha trafik boshqa paketlar bilan qo‘shilmaydi va muddati uzaytirilmaydi.
• “Beeline TV”da promokodlar 2024-yil 31-yanvar sanasigacha faollashtirilishi mumkin.
Beeline TV uchun promo muddati 30 kunni tashkil qiladi. Promo muddati tugashi bilan obuna belgilangan narxlarga asosan pullik bo'ladi.
• Mi-Fi router, brend suvenirlar, smartfonlar va chiroyli raqamlarni raqam egasi 2024-yil 31-yanvar sanasigacha Beeline ofislaridan olib ketishi mumkin. Murojaat vaqtida raqam egasi yonida pasport/ID karta bo'lishi lozim.
• Bonuslarni faqat bir marotabadan faollashtirish mumkin.
Quyidagi talablarga javob beradigan Beeline abonentlari moddiy sovrinlar oyinida ishtirok etishlari mumkin:
• 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
• Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish vaqtida yaroqli bo‘lganda.
Aksiya davrida “Unitel” MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari, Kompaniyaning ishonchli vakilining xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari, ishonchli vakilning o‘zi va ularning yaqin qarindoshlari Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moddiy sovrinni taqdim etishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati
• pasport/ ID-karta;
• soliq qo‘mitasi bazasida PINFL raqami bo‘lmagan holat uchun tuman migratsiya bo‘limidan PINFL ro‘yxatga olinganligi va fuqarolik rasmiylashtirilganligi (pasport stoli) to‘g‘risida guvohnoma;
• Agar go‘lib chet davlat fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan rezidentlik sertifikati.
Agar G‘olib biron sababga ko‘ra taqdirlash va sovrin topshirishda shaxsan qatnasha olmasa, u boshqa jismoniy shaxsga (vakiliga) taqdirlash va sovrinni topshirish jarayonida ishtirok etishi uchun tegishli ishonchnoma hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• vakilning pasporti/ ID-kartasi;
• G‘olibning pasporti/ ID-kartasidan nusxa;
• sovrinni olish va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash uchun notarial ishonchnoma;
• talablarga binoan yuqorida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
Hujjatlar g‘olib e’lon qilingan vaqtdan boshlab 7 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
G‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlarga da’vo qilmasa yoki olishdan bosh tortsa, Kompaniya Aksiya sovrinlari g‘oliblarining umumiy sonini va Sovrin jamg‘armasini mos ravishda kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Quyidagi hollarda Kompaniya G‘olibga sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega:
• g‘olib sovrin haqida e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran 7 ish kuni ichida Kompaniyaga murojaat qilmaganda;
• g‘olib sovrin e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran 7 ish kuni ichida kerakli hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya talablariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga javob bermasa;
• g‘olib sovrinlarni olishda imzo qo‘yishdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni, shu jumladan zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa;
• g‘olibni sovrinni yutganligi haqida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganda – g‘olibning Abonent raqami bloklangan va/yoki tarmoq qamrovidan tashqarida yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib qo‘ng‘iroqqa javob bermaganda va/yoki aloqaga chiqmaganda;
• G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
• g‘olib ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarga rioya qilmagan taqdirda.
Kompaniya quyidagilarga javobgar emas:
• ishtirokchilar Kompaniyaning veb-saytda joylashtirilgan g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishning imkoni yo‘qligi;
• ishtirokchilarning aybi yoki ishtirokchi va/yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlarning olinmaganligi/kechiktirilganligi.;
• ishtirokchilar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarni bajarmasligi (bajarishni kechiktirishi);
• Aksiya g‘oliblari tomonidan Sovrinlarni talab qilmagan yoki ularni rad etgan taqdirda;
• uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaslik;
Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish bilan birgalikda:
• ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligi va ularga roziligini tasdiqlaydi;
• jonli efir vaqtida toʻliq F.I.Sh., abonent raqamini ommaga eʼlon qilishga roziligini tasdiqlaydi.;
• foto va video suratga olishda ishtirok etishga hamda Gʻolibning suratini ijtimoiy tarmoqlarda davomiy eʼlon qilish va tarqatishga roziligini tasdiqlaydi.;
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi.
• Aksiya bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.