• Takliflarni taqdim etilgan kuni soat 23:59 gacha faollashtirish mumkin.
• Har kuni 00:00 da takliflar ro‘yxati yangilanadi, avvalgilarini faollashtirish imkoni esa bo‘lmaydi.
• 1 TB (1 024 GB) va 150 GB barchaga paketlari bo‘yicha trafik boshqa paketlar bilan qo‘shilmaydi va muddati uzaytirilmaydi.
• “Beeline TV”da promokodlar 2024-yil 29-fevral sanasigacha faollashtirilishi mumkin.
• Beeline TV uchun promo muddati 30 kunni tashkil qiladi. Promo muddati tugashi bilan obuna belgilangan narxlarga asosan pullik bo'ladi.
• Mi-Fi router va brend suvenirlar raqam egasi 2024-yil 29-fevral sanasigacha Beeline ofislaridan olib ketishi mumkin. Murojaat vaqtida raqam egasi yonida pasport/ID karta bo'lishi lozim.
• Bonuslarni faqat bir marotabadan faollashtirish mumkin.
• 30% chegirmali «MULTI KUCH» tariflaridan boshqa tarifga o‘zgartirilsa ularga qaytish imkoni bo‘lmaydi.
E’tibor bering!
Quyidagi talablarga javob beradigan Beeline abonentlari iPhone 14 Pro Max o’yinda ishtirok etishlari mumkin:
• O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
• Abonentning raqami Aksiyani o‘tkazish vaqtida faol bo‘lganda.
• Abonent Aksiyani o‘tkazish vaqtida Beeline TV xizmatining va Beeline Uzbekistan ilovasining amaldagi va yangi foydalanuvchisi hisoblanadi.
O’yinda quyidagilar ishtirok etishmaydi:
• Aksiya davrida Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
• Kompaniyaning affillangan shaxslar va xodimlari, shuningdek uning affillangan shaxs xodimlari;
• Kompaniyaning ishonchli vakillari (dilerlar) va ularning yaqin qarindoshlari;
• Kompaniyaning ishonchli vakillari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
• «Welcome» tarifidagi abonentlar.
Sovrinni taqdim etishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
• pasport/ ID-karta;
• soliq qo‘mitasi bazasida PINFL raqami bo‘lmagan holat uchun tuman migratsiya bo‘limidan PINFL ro‘yxatga olinganligi va fuqarolik rasmiylashtirilganligi (pasport stoli) to‘g‘risida guvohnoma;
• Agar go‘lib chet davlat fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasidan rezidentlik sertifikati.
Agar G‘olib biron sababga ko‘ra taqdirlash va sovrin topshirishda shaxsan qatnasha olmasa, u boshqa jismoniy shaxsga (vakiliga) taqdirlash va sovrinni topshirish jarayonida ishtirok etishi uchun tegishli ishonchnoma hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• vakilning pasporti/ ID-kartasi;
• G‘olibning pasporti/ ID-kartasidan nusxa;
• sovrinni olish va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash uchun notarial ishonchnoma;
• talablarga binoan yuqorida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
• Hujjatlar g‘olib e’lon qilingan vaqtdan boshlab 7 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
• G‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlarga da’vo qilmasa yoki olishdan bosh tortsa, Kompaniya Aksiya sovrinlari g‘oliblarining umumiy sonini va Sovrin jamg‘armasini mos ravishda kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
• Kompaniya sovrinlarni G‘olib tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunlar ichida berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
• G‘olibga sovrinni topshirish G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolaganidan keyin amalga oshiriladi.
• Kompaniya Aksiya qoidalariga tegishli ma’lumotlarni Kompaniyaning Rasmiy veb-saytida majburiy joylashtirish sharti bilan ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
• Sovrinda nuqsonlar yoki boshqa zavod nosozliklari aniqlangan taqdirda, G‘olib mukofot topshirilgan va G‘olib o‘tkazmani qabul qilish dalolatnomasini imzolagan paytdan boshlab 10 ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishi zarur.
• G‘olibning yutuq uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzishi yoki uchinchi shaxslarning harakatlari yoki fors-major holatlari tufayli yutuq G‘olibga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan kamchiliklar uchun Kompaniya javobgar bo‘lmaydi.
Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibga Sovrinni berishdan bosh tortish huquqiga ega:
• g‘olib Sovrin e’lon qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida Kompaniya bilan bog‘lanmaganda;
• g‘olib Sovrin e’lon qilingan paytdan boshlab 7 ish kuni ichida kerakli hujjatlarni taqdim etmagan va/yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga javob bermaganda;
• g‘olib o‘z imzosini qo‘yishdan va/yoki boshqa qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatardan, shu jumladan, zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda;
• g‘olibga Sovrin e’lon qilingan paytdan boshlab 7 ish kuni ichida yutganligi to‘g‘risida xabar qilishning imkoniyati bo‘lmaganida - g‘olibning raqami bloklangan, tarmoqdan tashqarida, Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib telefonni ko‘tarmagan va/yoki aloqaga chiqmаgan holatlarda;
• g‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilishi aniqlanganda;
• agar g'olib ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarga rioya qilmasa, Kompaniya g'olibni sovrin bilan ta'minlashni rad etishga haqli.
Kompaniya quyidagilarga javobgar emas:
• ishtirokchilar Kompaniyaning veb-saytda joylashtirilgan g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishning imkoni yo‘qligi;
• ishtirokchilarning aybi yoki ishtirokchi va/yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlarning olinmaganligi/kechiktirilganligi.;
• ishtirokchilar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarni bajarmasligi (bajarishni kechiktirishi);
• Aksiya g‘oliblari tomonidan Sovrinlarni talab qilmagan yoki ularni rad etgan taqdirda;
• uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaslik.
Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish bilan birgalikda:
• ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligi va ularga roziligini tasdiqlaydi;
• toʻliq F.I.Sh., abonent raqamini ommaga eʼlon qilishga roziligini tasdiqlaydi;
• foto va video suratga olishda ishtirok etishga hamda Gʻolibning suratini ijtimoiy tarmoqlarda davomiy eʼlon qilish va tarqatishga roziligini tasdiqlaydi;
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi.
• aksiya bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.