Bosh sahifa/Aksiyalar/Beeplarni Beepul sodiqlik dasturi yordamida to’plang!

Beeplarni Beepul sodiqlik dasturi yordamida to’plang!

11 Mart

Aksiyalar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

To‘plangan “BEEP”larni quyidagilarga almashtirish mumkin:

1) 0% o‘tkazmalarga:
— 300 BEEP uchun 1 000 000 so‘m limiti 30 kunga
— 1 000 BEEP uchun 3 000 000 so‘m limiti 30 kunga
— 1 500 BEEP uchun 5 000 000 so‘m limiti 30 kunga

“Beeline mijozlari uchun “BEEP”larni kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalariga almashtirish” aksiyasi shartlari bilan shu yerda batafsil tanishish mumkin.

2) Internet-paketlarga: 
— 50 BEEP uchun 300 MB 7 kunga
— 100 BEEP uchun 700 MB 7 kunga
— 150 BEEP uchun 1200 MB 7 kunga
— 300 BEEP uchun 2500 MB 7 kunga
— 450 BEEP uchun 4000 MB 7 kunga
— 750 BEEP uchun 5500 MB 7 kunga
— 300 BEEP uchun 1 GB 30 kunga
— 500 BEEP uchun 2 GB 30 kunga
— 900 BEEP uchun 5 GB 30 kunga
— 1 500 BEEP uchun 10 GB 30 kunga
— 2 000 BEEP uchun 20 GB 30 kunga
— 2 500 BEEP uchun 30 GB 30 kunga
— 3 000 BEEP uchun 50 GB 30 kunga
— 3 500 BEEP uchun 75 GB 30 kunga
— 4 000 BEEP uchun 100 GB 30 kunga
— 4 500 BEEP uchun 150 GB 30 kunga

3)  Daqiqa paketlarga:
– 45 BEEP uchun 250 daqiqa O‘zbekiston bo‘ylab
– 80 BEEP uchun 500 daqiqa O‘zbekiston bo‘ylab

Beepul dasturini o’rnatish uchun quyidagi elektron manzilga kiring:

Web: https://beepul.uz/
USSD menyusi: *999#

Beepul sodiqlik dasturi shartlari:

– Beeline O‘zbekiston xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirishda har 1 000 so‘m uchun 1 ta BEEP taqdim etiladi;
– boshqa xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lov  amalga oshirishda har 2 000 so‘m uchun 1 ta BEEP taqdim etiladi;
– kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazishda har 10 000 so‘m pul o‘tkazmasi uchun 1 ta BEEP taqdim etiladi;
– BEEP barcha Beepul foydalanuvchilariga  taqdim etiladi;
– Beeline oldindan to‘lov tizimi abonentlariga BEEP uchun internet va daqiqa paketlari mavjud;
– To‘plagan “BEEP”lar 90 kundan ortiq foydalanilmasa yoki to‘planadigan hisoblagich faol holatda bo‘lmasa, Kompaniya “BEEP”larni bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
- bayram kunlari Beepul foydalanuvchilari 50 BEEP miqdorida bonus olishlari mumkin;
- Beepul foydalanuvchilari tug‘ilgan kunlarida 50 BEEP miqdorida bonus olishlari mumkin.

Izohlar:

– Beepul sodiqlik dasturida internet-paketlar barcha yo‘nalishlarga, daqiqalar O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi. Paketlarning amal qilish muddati taqdim qilingan kundan boshlab 7 / 30 kun. Navbatdagi paket 7 / 30 kun o‘tgunga qadar taqdim etilganda,  avvalgi taqdim etilgan paketdagi trafik qoldig‘i bilan qo‘shiladi va uning amal qilish muddati 7 / 30 kunga uzaytiriladi;
– BEEP qoldig’ini tekshirish uchun Beepul ilovasi, www.beepul.uz veb-sayti yoki *999# USSD menyusi orqali tekshirish mumkin;
– agar abonent bir vaqtning o‘zida boshqa qo‘shimcha xizmatlar yoki internet, daqiqa yoki SMS paketlarini ulagan bo‘lsa, unda avval qo‘shimcha xizmatlar yoki paketlar, so‘ngra Beepul sodiqlik dasturi bo’yicha taqdim etilgan paketlar sarflanadi;
– “Bonus 50” aksiyasi yoki oylik paketlari bo‘yicha internet-paket mavjud bo‘lgan taqdirda, Beepul sodiqlik dasturi bo‘yicha olingan internet-paket ushbu paket qoldig‘iga qo‘shiladi. Agar internet-paketining amal qilish muddati 7 / 30 kundan kam bo‘lsa, umumlashtirilgan trafik Beepul sodiqlik dasturi bo‘yicha internet-paket olingan kundan boshlab 7 / 30 kunga uzaytiriladi. Agar internet-paketning amal qilish muddati 7 / 30 kundan ortiq bo‘lsa, umumlashtirilgan trafikning amal qilish muddati erta muddatga to‘g‘ri keladi;
- bayramlarda yoki tug‘ilgan kunda foydalanuvchi o‘z bonusini olish uchun Beepul ilovasida tabrik bilan push-bildirishnomani ochib, “Bonusni olish” tugmasini bosishi kerak, shundan so‘ng BEEP balansiga 50 BEEP miqdorida bonus taqdim etiladi; 
- tug‘ilgan kunida 50 BEEP bonusini olish uchun foydalanuvchi MyID orqali verifikatsiyadan o‘tishi kerak;
- paketlar xarid qilinganda BEEP balansidagi qoldiq 1 "BEEP"dan kam bo'lmasligi kerak.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin