1. «BeeGudok» xizmati tavsifi
«BeeGudok» xizmati oddiy zerikarli gudoklarni siz xush ko’rgan musiqa va hazillarga almashtirish imkonini beradi.
Musiqalar katalogi bilan saytda tanishib chiqing, sizga yoqqanini tanlang va osonlikcha o’z gudogingizga o’rnating.
Shuningdek, bir martalik abonent to’lovi evaziga siz kun davomida istaganingizcha musiqani almashtirish imkoniga ega bo’lasiz.
«BeeGudok» Xizmati Beeline Abonentlariga quyidagi funksiyalarni taqdim etadi:
– Musiqiy fragmentni tanlash va tinglash;
– Musiqiy fragmentlar bazasi bo’yicha izlash;
– O’rnatilgan musiqiy fragmetlar tarixini saqlash;
– BeeGudok xizmatini aktivlash/deaktivlash imkoni;
2. «BeeGudok» xizmatiga obuna bo’lish va bekor qilish
2.1. «BeeGudok» xizmati bilan foydalanish uchun Abonentda quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
2.1.1. Abonent qurilmasi;
2.1.2. https://beegudok.beeline.uz veb-saytiga kirish uchun Internet tarmog’iga ulanish;
2.2. Xizmatga obuna bo’lish uchun, Abonent xizmatning veb saytida abonent raqamini kirgizish yo’li orqali xizmat ro’yxatidan o’tish.
2.3. Xizmat «UNITEL» MCHJ mobil operatori tarmog’ida taqdim etiladi. Tarifikatsiya va abonent to’lovi miqdori Operator tomonidan o’rnatiladi. Xizmat taqdim etish bo’yicha batafsil ma’lumotni beeline.uz saytidan aniqlang.
2.4. Xizmatga birinchi ulanishda, Abonentga, Abonent to’lovi miqdori, xizmatni bekor qilish yo’li va Call-markaz raqami mavjud bo’lgan xabar jo’natiladi.
2.5. Sinov kunlari davomida Abonent Xizmatni bekor qilsa, Xizmatga qayta ulanganda Abonentga sinov kunlari taqdim etilmaydi.
2.6. Xizmatga obuna bo’lgandan so’ng va Abonent to’lovi o’z vaqtida to’lanishi sharti bilan, Abonent istalgan vaqtda, beegudok.beeline.uz Internet manzilida joylashgan saytga kirib, Beeline abonent raqamini kiritgandan so’ng, telefoniga kelib tushgan kirish kodini kiritib, xizmat bilan foydalanish imkoniga ega.
2.7. Xizmatni bekor qilish uchun, quyidagi variantlardan birini qo’llash mumkin:
– Veb xizmati ichida «Profil» bo’limida.
– 19100 yoki 19101 qisqa raqamiga «0» kodini jo’natib .
3. Xizmat uchun Abonent to’lovi:
– kunlik to’lov: 1000 so’m tashkil etadi
– oylik to’lov: 4999 so’m tashkil etadi
Xizmatga kirishning majburiy sharti, bu o’z vaqtida abonent to’lovini amalga oshirishdir. Xizmatga kirish abonent to’lovi yechilgan lahzadan boshlab va kenyingi to’lov davri 00:00 gacha beriladi (Toshkent vaqti bo’yicha, obuna turidan kelib chiqqan holda).
4. Internet-trafikni tariflash:
4.1. Xizmat Beeline Abonentlari uchun, Xizmat uchun vaqtida Abonent to’lovi amalga oshirilgan sharti asosida, real vaqt rejimida musiqiy fragmentlar to’plami va chaqiriq gudoklarini tanlangan musiqiy fragmentlarga almashtirish imkonini beradi.
4.2. Xizmat Internet tarmoq va mobil aloqa mavjud bo’lgan holda taqdim etiladi.
4.3. Beeline Abonentlari uchun xizmat doirasidagi kiruvchi va chiquvchi mobil Internet-trafigi tariflanmaydi, agar xizmat ulangan bo’lsa.
4.4. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida Xizmatga obuna bo’lganda, kirish va chiqish Internet-trafigi belgilangan standart rouming tariflariga muvofiq tariflanadi.
4.5. Abonent begona operatorlarining Internet-trafikidan foydalanganda, kiruvchi va chiquvchi Internet-trafik begona operatorlarining belgilangan tariflariga muvofiq olinadi.
«BeeGudok» xizmati bo’yicha savollar paydo bo’lsa, Abonent maslahat uchun Call-markazga (ish vaqti: kecha-kunduz) +998712004555 raqami orqali murojaat qilishi mumkin.
5. Qo’llab-quvvatlaydigan qurilmalar:
5.1 Xizmatni barcha qurilmalarda so’nggi Safari, Google Chrome, Mozilla Firefox brauzerlar versiyasi bilan ochish mumkin.
5.2 Dastur va Xizmat «Kron Telekom Netvork» XK (Cron Mobile TM) hamkor tomonidan taqdim etiladi.