
Tamara Nasirova
Korporativ samaradorlik bo’yicha ofis rahbari
Tamara 2021-yilning iyun oyida “UNITEL” MChJ korporativ samaradorlik bo’yicha ofis rahbari etib tayinlangan.
Tamara o’z faoliyatini 2002-yilda “Buztel Bakrie Uzbekistan Telecommunications” kompaniyasida boshlagan.
2009-yilda u “Beeline Uzbekistan”ga qo‘shildi, uning mas’uliyat doirasiga marketing tadqiqotlarini rejalashtirish va o‘tkazish kirgan.
Muvaffaqiyatli faoliyati natijasida 2017- yilda strategik rejalashtirish va marketing tahlili bo‘limi katta menejeri lavozimiga ko‘tarildi. Uning faoliyati natijasida kompaniya kundalik, haftalik, oylik KPI bo’yicha yangi tijorat hisobotlarini, shuningdek optimallashtirilgan tahliliy vositalarni joriy qildi.
Toshkent davlat texnika universiteti Malayziya biznes boshqaruvi fakultetini “Moliya” sohasini tamomlagan.