«Unitel» MChJ xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori
1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetining psixologiya fakultetini tamomladi. U yerda 2008 yilda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini oldi.
2011 va 2015 yillarda BMT xavfsizlik va qo‘riqlash departamenti tomonidan sertifikatlangan Bankokdagi (Tailand) “Tanqidiy va krizis vaziyatlardagi stress-menejment” kursida ishtirok etgan. 2011-2013 yillarda marketing, savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish departamenlaridagi menejmentning malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etgan. 2012-2013 yillarda «Sinergiya» Universitetida treninglar o‘tkazish metodologiyasi bo‘yicha sertifikasiyadan o‘tgan, shuningdek vaziyatli boshqaruv, kross-funksional o‘zaro aloqa va xodimlarni rivojlantirish bo‘yicha treninglarda Moskvadagi (Rossiya) ARB Pro treninglar institutida ishtirok etgan.
O‘zining mehnat faoliyatini Sofiya 2000 yilda British American Tobacco kompaniyasida promo-loyihalarning tim-lideri sifatida boshlagan. 2006 va 2007 yillarda Gallaher Group kompaniyasida O‘zbekiston, Armaniston va Gruziya bozorlarida halq iste’moli mahsulotlari yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul bo‘lgan. 2008 yilda Sofiya O‘zbekiston Milliy universiteti va MDU filialining psixologiya kafedrasida o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.
2011 yildan boshlab hozirgi paytga qadar Sofiyaga tanqidiy va stress vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha BMT topshirig‘i (missiyasi) yuklatilgan. Tanqidiy vaziyalarda UNDP va shtat xodimlarinining faoliyatini koordinasiya qilish, psixologik treninglar va maslahatlar okazish uning mas’uliyat doirasiga kiradi.
2011 yilning oktyabr oyida Sofiya Gaynutdinova O‘zbekistondagi Beeline jamoasiga qo‘shildi va biznes-trener lavozimini egalladi. Mazkur lavozimda u “Korporativ universitet” o‘quv tizimi startapini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, turli yo‘nalishlar bo‘yicha 30dan ziyod trening va seminarlarni tayyorladi va yo‘lga qo‘ydi. 2015 yilda tashkiliy rivojlantirish va korporativ ta’lim bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi, va o‘sha yilning iyul oyidan boshlab xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktorning vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan.
2016 yil aprel oyida «Unitel» MChJ xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo'yicha direktori etib tayinlandi.