Sergey Kozlov

Sergey Kozlov

Sergey Kozlov 2026-yil 24-sentabrda Beeline Uzbekistan jamoasiga ko‘ngilochar xizmatlar yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha Boshqaruvchi direktor (riitm va KINOM) lavozimida qo’shildi.
Sergey telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. U B2B savdolari va strategik hamkorliklarni rivojlantirish, raqamli mahsulotlarni rivojlantirish va monetizatsiya qilish, mijozlar uchun qiymatni oshirish, shuningdek, biznes va texnologiyalar kesishmasidagi loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
Uning professional tajribasining katta qismi telekommunikatsiya va OTT xizmatlari, shuningdek, telekommunikatsiya, bank va raqamli sektor kompaniyalari bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq. 
Sergey SDA Bocconi’da innovatsiyalar va tadbirkorlikka yo’naltirilgan MBA darajasiga ega, shuningdek, New York University Stern School of Business’da xalqaro akademik tajriba orttirgan.